Amy Lee (1989-yil 30-mayda tugʻilgan), Ailee nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyada yashovchi koreys-amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. Janubiy Koreyada raqamli savdo muvaffaqiyatiga erishib, u toʻrtta studiya albomi, oltita mini-albom va yigirma bitta qoʻshiq chiqargan, ulardan oltitasi Gaon Digital Chartning eng yaxshi beshligidan joy olgan.

Nyu-York shahridagi Muzo Entertainmentda qisqa muddatli faoliyatdan soʻng, 2010-yilda Janubiy Koreyaga koʻchib oʻtgan va YMC Entertainment bilan shartnoma tuzgan. U 2012-yilda oʻzining birinchi "Heaven" qoʻshigʻi bilan debyut qilgan, qoʻshiq Gaon Digital Chartda uchinchi oʻrinni egallagan va Melon Music mukofotlari, Golden Disc mukofotlari, Gaon Chart K-Pop mukofotlari va Seul musiqa mukofotlariga sazovor boʻlgan. U 2013-yildan 2016-yilgacha “U&I”, “Singing Got Better”, “Mind Your Own Business” va “If You” bilan ketma-ket toʻrt marta “Eng yaxshi ayol vokal ijrosi” nominatsiyasi sifatifa Mnet Asian Music mukofotini qoʻlga kiritgan. Uning 2017-yilgi Guardian: The Lonely and Great God (2016) koreys dramasining saundtracki uchun yozilgan I Will Go to You Like the First Snow qo`shig`i bir nechta mukofotlarni qoʻlga kiritgan va oʻsha yilning raqamli jihatdan eng muvaffaqiyatli qoʻshigʻi boʻlgan.

Hayoti va ijodi Ailee 1989-yil 30-mayda Kolorado shtatining Denver shahrida tugʻilgan va Nyu-Jersida tarbiyalangan. Leoniaga koʻchib oʻtishdan oldin Palisades Park oʻrta maktabida oʻqigan. Scotch Plains-Fanvud oʻrta maktabini tugatgandan soʻng, u musiqa bilan shugʻullanish uchun taʼlimni tashlamasdan oldin Pace universitetida aloqa boʻyicha tahsil olgan. K-pop debyutidan oldin, Ailee Nyu-York va Nyu-Jersidagi Muzo Entertainment mustaqil agentlik bilan shartnoma imzolagan. Ushbu yorliq ostida u bir nechta sanʼatkorlar, jumladan Jonniflo va Filadelfiyada yashovchi reper Decipher bilan birga ishlagan.  Janubiy Koreyaga koʻchib oʻtishdan oldin, Ailee YouTube tarmogʻida "mzamyx3" va "aileemusic" kanallarini yaratgan.  link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b6/Ailee_in_2012_2.png/170px-Ailee_in_2012_2.png|thumb| Ailee 2012-yil iyul oyida chiqish qilmoqda 2012-yil 9-fevralda Ailee oʻzining "Heaven" debyut qoʻshigʻini va "Beast" Gi Kvang ishtirokidagi musiqiy videosini chiqardi. Oʻsha kuni u M Countdown dasturida "Heaven" debyut sahnasida chiqish qilgan. Qoʻshiqlarining muvaffaqiyati Ailee 2012 Cyworld Digital Music Awards -da oʻzining birinchi mukofotini qoʻlga kiritishiga yordam bergan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/93/130131_%EC%84%9C%EC%9A%B8%EA%B0%80%EC%9A%94%EB%8C%80%EC%83%81_%EB%A0%88%EB%93%9C%EC%B9%B4%ED%8E%AB_%EC%97%90%EC%9D%BC%EB%A6%AC.jpg/170px-130131_%EC%84%9C%EC%9A%B8%EA%B0%80%EC%9A%94%EB%8C%80%EC%83%81_%EB%A0%88%EB%93%9C%EC%B9%B4%ED%8E%AB_%EC%97%90%EC%9D%BC%EB%A6%AC.jpg|left|thumb| Ailee 22 Seoul Music mukofotlari marosimida 2013-yil 12-iyulda Ailee oʻzining Aʼs Doll House nomli ikkinchi qoʻshigʻini chiqargan. Uning "U&I" nomli qoʻshigʻi chiqarilgandan soʻng toʻrt soat ichida turli musiqiy chartlarda birinchi oʻrinni egallagan.

2013-yil 6-noyabrda Ailee Warner Music Japan ostida "Heaven" va "Starlight" qoʻshiqlarining yaponcha versiyasi bilan yapon tilida debyut qilgan.

Diskografiyasi

Koreyscha albomlari Vivid (2015) Butterfly (2019) Amy (2021)

Inglizcha albomlari I'm Lovin' Amy (2022)

Filmografiyasi

Dramalarda YilSarlavhaRol2012Dream High Season 2Ailee

Telekoʻrsatuvlarda YilSarlavhaRolIzohlar2012Vitamin 2013–2014Great Marriage2014MBC Music Aileeʼs Vitamin2016Superstar K 2016 (K8)Hakam2017One Night Food Trip: Food RaceTarkib aʼzosiEpizod: 6–102018Hyena on the KeyboardProduserJeong Dong-hwan bilan birga (Ep. 1–2)The CallTanlov ishtirokchisi va produserEp. 1–82019Vocal PlayHakam2020Good GirlTanlov ishtirokchisi

Konsertlari

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar