Judy Gold (1962-yil 15-noyabrda tugʻilgan) – amerikalik stend-up komik, aktrisa, podkaster, ssenarist, muallif va produser. U The Rosie OʻDonnell Showda yozuvchi va produser sifatidagi mehnati uchun ikki marotaba Daytime Emmy mukofotini qoʻlga kiritgan.

Hayoti va faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7b/John_Machnik_and_Judy_Gold.jpg/240px-John_Machnik_and_Judy_Gold.jpg|thumb| Gold va John Machnik 2004-yilda Goldning Kate Moira Ryan bilan hamkorlikda yozilgan "25 Questions for a Jewish Mother – Yahudiy ona uchun 25 savol shousi Qoʻshma Shtatlardagi 50 dan ortiq yahudiy onalarning bir qator intervyulariga asoslangandir. Ularning hikoyalari ikki oʻgʻilning lezbiyan onasi sifatidagi hayoti haqidagi latifalar bilan aralashib ketgan. Ushbu loyiha New York shahridagi Ars Nova teatrida 2006-yil boshida namoyish etilgan. Keyinchalik, 2006-yil 12-oktabrda St. Luke teatrida qayta tashkillashtirilgan.

Judy Gold, shuningdek, truTVning TruTV Presents: World’s Dumbest koʻrsatuvida sharhlovchi sifatida paydo boʻlgan. 2007-yilda u yahudiy ayollar arxivi tomonidan ishlab chiqarilgan yahudiy ayol komediyachilarga bagʻishlangan Making Trouble filmida suratga tushdi. 2011-yilda Gold Givenik elchisi etib tayinlandi. 2015-yilda esa Broadwaydan tashqarida New World Stages sahnasida Eleanor Roosevelt rolida Clinton: The Musical nomli satirik musiqiy filmida paydo boʻldi.

The Judy Show: Sitkom sifatida mening hayotim Ushbu shou, rasman, 2011-yil 6-iyulda ijobiy sharhlar bilan ochildi. The New York Times shouni „juda qiziqarli“ deb atadi. New York Post esa shou haqida „oʻzini-oʻzi qadrlash“ haqida ajoyib koʻrsatuv boʻlgan, deya taʼrif keltirgan edi. Ushbu dastur 2013-yil 18-iyunda Los Angelesda ochildi va Geffen oʻyingohida bir oy davomida ommaga namoyish etildi.

Filmografiyasi Yil Sarlavha Rol1991RoseanneAmy1993Rumor Has ItMuhokama guruhi aʼzosi (panelist)1994-1995All American GirlGloria Schechter1995HBO Comedy Half-Hour: Judy GoldOʻzi1995Here Come the MunstersElsa Munster Hyde1995The CityJudy Silver1996WingsBrenda1997Lois Lives a Little1998Arli$2000The Drew Carey ShowLeslie2000Law & OrderDeborah Patterson2000Sidesplitters: The Burt & Dick StoryDickning onasi2001The Ballad of Lucy WhippleBuck McPhee2002Sex and the CityBarnes & Noble Clerk2002Law & Order: Special Victims UnitForensic Gynecologist2003Comic RemixOʻzi2003The Gynecologistsxonim LeBlanc2004EdJudge Fisher2005Here! Family2007-2008Super NormalMadam Midterm2008-2013World’s DumbestOʻzi2009Ugly BettyJoan2011The GladesRebecca Thornquist201230 RockJudy Gold2013The Big CRabbi20132 Broke GirlsJerri2014Melissa and JoeyJaney2014Teachers LoungeGym Teacher2015LouieMarina2015The Jim Gaffigan ShowJudy Gold2016Broad CityAngela2016Unbreakable Kimmy SchmidtJudy2016Crisis in Six ScenesPhonebooth Woman2016Search PartyPaulette Capuzzi2016Whatʼs Your F#@king Deal?!Oʻzi2017NightcapDeb Hafner2018Murphy BrownAgent Lynch2020-2022Better ThingsChaya2022Girls5evaDr. Madden

Manbalar

Havolalar

Yahudiy ona uchun 25 ta savol AQShning Xolokost memorial muzeyidan Judy Gold bilan antisemitizm haqidagi intervyu All That Glitters

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1962-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar