Wan Houliang () (1986-yil 25-fevralda tugʻilgan) — Xitoyning birinchi ligasida Beijing Renhe himoyachisi sifatida oʻynaydigan xitoylik xalqaro futbolchi.

Klubdagi faoliyati Wan Houliang oʻz faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri Beijing Huaya Feiyingning yoshlar jamoasida oʻynab va Serbiyada futbol boʻyicha mashgʻulotlariga qatnashib boshlagan va u yerda uchinchi toifadagi FK ČSK Chelarevoning yoshlar va oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan. 2004-yilda Wan Xitoyga qaytib kelgan va yuqori divizion vakili Shanghai COSCO Sanlin bilan shartnoma imzolagan. 2005-yil 24-aprelda u Xitoy Superligasidagi ilk professional o‘yinini Shanghai derbisida Shanghaining „Inter“ jamoasi „Shanghai Shenhua“ga qarshi o‘ynagan va 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lishgan. Magʻlubiyatga qaramay, Wan Cheng Yaodong qoʻl ostida jamoada oʻsib borayotgan yulduzga aylangan va hatto 2005-yil 11-sentyabrda Beijing Guoanga qarshi oʻyinda dubl qayt etgan.

2009-yilning 13-iyulida Wan K-liga klubi Jeonbuk Hyundai Motorsga 2009-yilning ikkinchi yarmi uchun ijaraga oʻtishi maʼlum boʻlgan. 2009-yilning 26-iyulida Wan Houliang „Ulsan Hyundai Horang-i“ga qarshi bahsda Jeonbuk safida debyut qilgan. Oʻyin 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan. 2009-yil 7-oktyabrda u Koreya FA kubogi yarim finalida Suvon Samsung Blyuvingsga qarshi oʻyinda avtogol muallifiga aylangan. Wan klubdagi faoliyati davomida jamoa rivojiga sezilarli taʼsir koʻrsata olmagan boʻlsa-da, ularga ligada gʻalaba qozonishda yordam bergan.

Wan 2010-yilgi mavsum oldidan tayyorgarlik uchun Shaanxiga qaytgan. 3-mart kuni u „Hangzhou Greentown“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oyogʻini sindirib olgan va mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yuborgan. 2015-yilning 13-fevralida Wan Xitoyning birinchi ligasi vakili „Qingdao Hainiu“ga o‘tgan青岛海牛宣布签贵州大将 前国奥后防铁闸加盟 at sports.163.com 2015-02-13 Retrieved 2014-02-13.

2017-yilning yanvarida Wan Xitoyning Birinchi ligas jamoasi Beijing Renhega qaytgan.

Xalqaro faoliyati Wan 2008-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasiga chaqirilgan va u yerda ikkita guruh oʻyinlarida maydonga tushgan. Wan Houliang 2008-yilda Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida zaxiradan maydonga tushib terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolGuizhou Renhe2005Xitoy Super Ligasi1813010 -221200611030 - -1402007223 - - -2232008191 - - -1912009142 - - -142201000 - - -00201119420 - -21420120000 - -0020136100 -006120143000 -3060Jami1121280103012412Jeonbuk Hyundai Motors (Ijara)2009K-Liga401000 -50Qingdao Hainiu2015Xitoy Birinchi Ligasi28000 - -280201628200 - -282Jami562000000562Beijing Renhe2017Xitoy Birinchi Ligasi22200 - -2222018Xitoy Super Ligasi27120 - -291201917000 - -170Jami663200000683Karyerada jami23817110103025317

Yutuqlar

Klub Jeonbuk Hyundai

K-liga : 2009-yil

Guizhou Renhe

Xitoy FA kubogi : 2013 Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar