Naorem Mahesh Singh (talaffuzi: Naorem Mahesh Singx) (1999-yil 1-martda tugʻilgan) — hind professional futbolchisi, Hindiston Superligasining East Bengal klubida va Hindiston terma jamoasida hujumchi boʻlib oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Yoshligi Manipurda tugʻilgan Singh faoliyatini oʻz davlatida Birchandra Memorial Sporting klubida boshlagan. Tez orada u Shillong Lajongning yoshlar jamoasiga qoʻshildi va Shillong Premer-ligasida klubda oʻynadi.

Shillong Lajong 2018-19-yilgi mavsum oldidan Singh asosiy jamoaga koʻtarildi. U Shillong Lajong uchun professional debyutini 2018-yilning 28-oktabrida Aizawlga qarshi oʻtkazdi. U dubl qayd etdi, 20 va 51-daqiqalarda ikkita gol urdi va Shillong Lajong 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Naorem Mahesh Singh

Kerala Blasters 2020-yilda Naorem Hindiston Superligasi klubi Kerala Blasters bilan Shillong Lajong FC bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.

Sudeva FC (ijaraga) 2021-yilda Mahesh yetarlicha tajribaga va oʻyin taktikasiga ega boʻlgani uchun I liga vakili Sudeva Dehliga bir mavsumga ijaraga berildi. U klub safida 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

East Bengal (ijaraga) Mahesh 2021-yilda Kolkataning East Bengal (Sharqiy Bengaliya) klubiga ijaraga berilgan. U Hindiston Superligasining 2021/22-yilgi mavsumida 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

East Bengal 2022-yil 4-avgustda Kerala Blasters Maheshni Sharqiy Bengaliyaga nomaʼlum transfer narxi evaziga oʻtkazishini eʼlon qildi. Ushbu transfer narxi xususida boshqa jamoalar va muxbirlar orasida turli xil taxmin summalar boʻlsa ham, jamoa va futbolchi bu haqida hali hech bir rasmiy tadbirda maʼlum qilgani yoʻq.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Kubok AFC Jami Diviziya Oʻyinlar gollar Oʻyinlar gollar Oʻyinlar gollar Oʻyinlar gollar Shillong Lajong 2019 I-liga 20 4 0 0 — 20 4 Kerala Blasters B 2020 I-liga 2-divizioni 3 1 0 0 — 3 1 Kerala Blasters 2021 Hindiston Superligasi 0 0 0 0 — 0 0 Sudeva Dehli 20221 I-liga 14 2 0 0 — 14 2 Sharqiy Bengaliya 2022 Hindiston Superligasi 18 2 0 0 — 18 2 Karyera jami 55 9 0 0 0 0 55 9

Yutuqlari

Kerala Blasters „B“

Kerala Premer-ligasi: 2019-20

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Hindistonlik erkak futbolchilar