1993

== Oʻzbekiston == 8-yanvar — Oʻzbekiston avtomobil transporti („Oʻzavtotrans“) Davlat aksiyadorlik korporatsiyasi tashkil etildi.

5-fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy oʻquv yurtlari uchun abituriyentlarni test usulida tanlab olish toʻgʻrisida“ qaror qabul qildi.

10-fevral — Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro pochtamti tuzildi.

11-fevral — Kitob baland togʻ rasadxonasi majmuasi tashkil etildi.

2-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Navroʻz — umumxalq bayrami“ qarori qabul qilindi.

4-aprel — Jizzax viloyatida Oʻzbekistonda birinchi yirik temir rudasi koni ochildi.

9-aprel — Nukusda Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashining 12-sessiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Davlat gerbi qabul qilindi.

20-aprel — Toshkentda 30 mamlakatning milliy firma, bank va kompaniyalari rahbarlari ishtirokida Butunjahon Iqtisodiy anjumani boʻlib oʻtdi.

23-aprel — „Sogʻlom avlod uchun“ xayriya jamgʻarmasi tuzildi. 23-aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yilda buyuk olim Muhammad Taragʻay Ulugʻbekning 600 yillik yubileyini oʻtkazish toʻgʻrisida qarori qabul qilindi.

28-aprel — „Oʻzdehqonsanoatbank“ negizida „Tadbirkorbank“ yirik aksiyadorlik banki tashkil etildi.

30-aprel — Toshkentda Germaniya elchixonasi ochildi.

Aprel — Fargʻona shahrida Oʻzbekiston talabalarining birinchi festivali boʻlib oʻtdi. Unda 54 oliy oʻquv yurti vakillari ishtirok etdi. Aprel. „YevroOʻz“ Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma mebel korxonasi tashkil etildi.

6-may — „Sugʻurta toʻgʻrisida“, „Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida“, „Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“ Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.

7-may — I va II darajali „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni taʼsis etildi.

13—14-may — Toshkentda „Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari“ mavzuida birinchi Xalqaro simpozium boʻlib oʻtdi.

27-may — Toshkentda B.Zokirov nomidagi jaz-orkestrining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.

May — Toshkentda Oʻzbekistonda birinchi marta sholi moyi chiqindisidan kir sovun ishlab chiqaruvchi „Tedogan“ oʻzbekkoreys qoʻshma korxonasi ishga tushdi.

May — Nukusda Turkiyaning „Yazeks“ korporatsiyasi yordamida bunyod etilgan „Kateks“ toʻqimachilik majmui ishga tushdi.

May — Toshkentda Orol va Orolboʻyi muammolari boʻyicha dastlabki Xalqaro tadqiqotlar loyihasi imzolandi.

11-iyun — Chatqol davlat tabiiy biosfera qoʻriqxonasi YUNESKO muhofazasiga olindi.

27-iyun — „Taraqqiy“ gazetasi 1 -soni chiqqan 27-iyun (1906) sanasi Oʻzbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadigan boʻldi.

Iyun — Samarqandda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining boʻlimi ochildi.

30-iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti „Toʻrtkoʻl shahrining 120 yilligini nishonlash toʻgʻrisida“ farmon chiqardi.

Iyul — Toshkentda Oʻzbekiston Geologiya milliy qoʻmitasi tashkil etildi.

13-avgust — Abdulla Qodiriy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.

17-avgust — Respublika „Mahalla“ xayriya jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.

31-avgust — Toshkentda Amir Temur haykali ochildi.

Avgust — Uch yuz kilometrli Damxoʻja—Navoiy—Buxoro suv yoʻli qurib bitkazildi.

Avgust — Toshkentda „Taʼlim, bandlik va inson resurslarini rivojlantirish“ shiori ostida YUNESKOning Xalqaro seminari boʻlib oʻtdi.

1-sentyabr — Toshkentda Ulugʻbek haykali ochildi.

2—3-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasida „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻtrisida“ qonun qabul qilindi (1995-yil may oyidagi Oliy Majlisning 2-sessiyasida mazkur qonunga oʻzgartirishlar kiritildi).

4-sentyabr — Toshkentda „Turkiston“ saroyining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

3—5-sentyabr — Toshkentda Osiyo va Tinch okean regioni mamlakatlarining taekvondo boʻyicha birinchi chempionati boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston jamoasi bazaviy texnikani namoyish qilish boʻyicha musobaqalarda birinchi oʻrinni egalladi.

9-sentyabr — Alisher Navoiy jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.

10-sentyabr — Toshkentdagi „Bahor“ konpert zalida Mukarrama Turgʻunboyeva muzeyi ochildi.

16-sentyabr — Buxoroda buyuk mutafakkir bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi keng nishonlandi.

20-sentyabr — „Ekosan“ xalqaro Oʻzbekiston ekologiya va salomatlik jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtdi.

26—28-sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida ishtirok etib, nutq soʻzladi.

Sentyabr — Toshkentda Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochildi.

Sentyabr — Oʻzbekiston Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) aʼzoligiga qabul qilindi.

Sentyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiada qoʻmitasi Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tomonidan tan olindi (1995-yil apreldan teng huquqli aʼzosi).

26-oktyabr — YUNESKO ning Parijdagi karorgohida Oʻzbekistonni YUNESKOga aʼzolikka qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

30-oktyabr — Toshkentda tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir Xoja Ahmad Yassaviy merosiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-maʼrifiy konferensiya ochildi.

Oktabr — Oʻzbekiston Ilmiy uyushmalar xalqaro kengashining toʻla huquqli aʼzosi boʻldi.

4-noyabr — Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etilganligining 50 yilligiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.

22-noyabr — „Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari harbiy qismining Jangovar bayrogʻi toʻgʻrisida“gi farmon imzolanib, qurolli Kuchlar Jangovar bayrogʻining yagona namunasi tasdiqlandi.

23-noyabr — Toshkentdagi respublika Oʻqituvchilar uyi qoshida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi tarixi muzeyi ochildi; 23-noyabr. Qoraqalpogʻistonning birinchi poytaxti — Toʻrtkoʻlda shaharning 120 yilligiga bagʻishlangan tantanalar boʻlib oʻtdi.

4-dekabr — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat madhiyasi tasdiqlandi.

18-dekabr — Andijonda buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi nishonlandi va unga haykal oʻrnatildi.

18-dekabr — Xalqaro FIFA tashkilotining Las-Vegas shahrida boʻlib oʻtgan konferensiyasida Oʻzbekiston Milliy futbol federatsiyasi ushbu futbol assotsiatsiyasi aʼzoligiga qabul qilindi.

23-dekabr — Bobur nomidagi xalqaro jamgʻarma roʻyxatdan oʻtdi.

1993 — Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa Vazirligining Markaziy harbiy sport klubi tashkil etildi.

1993 — Fargʻona viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi. 1993 — Xorazm viloyat davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkil etildi. 1993 — „Farmindustriya“ konserni (hozirgi „Oʻzfarmsanoat“ davlat konserni) tashkil etildi. 1993 — Oʻzbekiston Jahon turistik tashkiloti (WTO) ga aʼzo boʻldi.

Voqealar

1-yanvar va 1-noyabr - Yevropa Iqtisodiy hamjamiyati davlatlarining yagona bozor haqida kelishuvi va Maastrixt shartnomasi kuchga kirdi. yanvar - strategik qurollarni cheklash toʻgʻrisida amerika-rossiya shartnomasi Jorj Bush va Boris Eltsin tomonidan imzolandi. 1-yanvar — razdelenie Chexoslovakii na Chexiyu i Slovakiyu. 20-yanvar — Билл Клинтон vstupaet v doljnost президентa США. 23-fevral — Yukixiroy Matsumoto bil sozdan yazik programmirovaniya Ruby. Yego selyu bilo sozdaniya nastoyaщego obʼektno-orientirovanogo, interpretiruemogo yazika programmirovaniya. 15-aprel — sozdana Neftyanaya kompaniya „ЮКОС“. 23-aprel — V Eritree pod egidoy ООН provoditsya референдум, v xode kotorogo podavlyayuщee bolshinstvo jiteley golosuet za nezavisimost Eritrei ot Efiopii. 10-may — Киргизия vvodit natsionalnuyu valyutu som. 14-may — Литва, Словения, Эстония stanovyatsya chlenami Soveta Yevropi. 24-may — Эритрея vixodit iz Efiopii i stanovitsya nezavisimim gosudarstvom. 25-iyun — v Litve puщena v oborot 25-iyun natsionalnaya валюта лит. 17-iyul — pravitelstvennie voyska zaxvatili shtab-kvartiru Narodnogo Fronta Азербайджанa. 21-sentyabr — 4-oktyabr — Октябрьские события, svyazannie s rospuskom Borisom Yelsinim Verxovnogo Soveta Rossii. 10-dekabr — kompaniey id Software vipuщena igra „Doom“. 12-dekabr — prinyata konstitutsiya Rossiyskoy Federatsii, odnovremenno proshli pervie posle revolyutsii 1917 g. vibori v Gosudarstvennuyu Dumu. 30-dekabr — Isroil va Vatikan diplomatik munosabatni yoʻlga qoʻyishdi.

Tugʻilgan

Vafot etgan

22-yanvar — Абэ, Кобо, yaponskiy pisatel. 30-yanvar-Св.Ник.Рерих,indiyskiy xudojnik. 28-oktyabr — Yuriy Mixaylovich Lotman, sovetskiy литературовед, kulturolog i semiotik. 3-noyabr — Lev Sergeevich Termen, izobretatel, sozdatel pervogo elektro-muzikalnogo instrumenta 30-oktyabr — Antanas Ramonas, litovskiy писатель. 29-dekabr — Axel Corti (Aksel Korti) (t. 1933), avstriyalik rejissyor. 29-dekabr — Frunzik Mkrtchyan (haqiqiy ismi Mger Mkrtchyan) (t. 1930), mashhur sovet kinoaktyori, SSSR xalq artisti.

Nobel mukofoti laureatlari Fizika — Russell Alan Hulse va Joseph Hooton Taylor, Jr. Kimyo — Kary Mullis va Michael Smith Fiziologiya va tibbiyot — Iqtisodiyot — Robert W. Fogel va Douglass North Adabiyot — Toni Morrison Tinchlik — Nelson Mandela va F. W. de Klerk

*