TXT (; ; TOMORROW X TOGETHER soʻzining qisqartmasi) — 2019-yilda BIGHIT MUSIC kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning oʻgʻil bolalar guruhi. Guruh besh kishidan iborat: Soobin, Yeonjun, Beomgyu, Taehyun va Huening Kai. Guruh 2019-yil 4-martda „Dream Chapter: Star“ mini albomi bilan debyut qilgan. Guruhning tijoriy muvaffaqiyati aʼzolarga bir nechta „Yilning eng yaxshi yangi ijrochisi“ mukofotlarini, jumladan, Golden Disk Awards va Melon Music Awards 2019 da „Yilning yangi ijrochisi“, Gaon Chart Music Awards marosimida „Yilning yangi artisti — Albom“ mukofotlarini qoʻlga kiritgan.
Nomlanishi Guruhning nomi „Tomorrow X Together“ ning qisqartmasi. Koreys tilida bu nom „투모로우바이투게더“ kabi koʻrinishda boʻlib, „ertaga birga“ degan maʼnoni anglatadi (). „Big Hit Entertainment“ga koʻra, guruh nomi barcha aʼzolarning „yangi ertangi kunni qurish umidida umumiy orzu bilan birlashish“ gʻoyasini aks ettiradi. Shuningdek, bu nom barcha aʼzolar turli xil shaxslar ekanligi, lekin ular birgalikda sinergiya hosil qilishi haqidagi fikrni aks ettiradi.
Faoliyati Debyut oldidan Yangi oʻgʻil bolalar guruhining debyuti rejalari „Big Hit Entertainment“ kompaniyasi asoschisi Bang Si Hyuk tomonidan 2017-yilda ommaga oshkor qilingan edi. Rasman guruhning yaratilishi 2018-yilning noyabrida eʼlon qilingan, biroq debyutning oʻzi 2019-yilning boshiga moʻljallangan. Guruh olti aʼzodan iborat boʻlishi va debyuti mart oyiga qoldirilgani mish-mishlar tarqalgandan soʻng, agentlik bu maʼlumotni rad etgan. 2019-yil 10-yanvarda „TXT“ guruhi oʻzining veb-sayti orqali rasman taqdim etildi. Keyingi oʻn kun ichida vebsaytga har bir aʼzoning intro videolari yuklangan. Oxirgi videoda guruhning yakuniy tarkibi koʻrsatilgan tizer eʼlon qilingan: Yeonjun, Soobin, Beomgyu, Taehyun va Huening Kai.
2019: „The Dream Chapter: Star“ va studiya albomi „The Dream Chapter: Magic“ bilan debyut link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b0/190308_TXT_Music_Bank_rehearsal.png/269px-190308_TXT_Music_Bank_rehearsal.png|left|thumb|269x269px| „TXT“ 2019-yilda 7-fevral kuni Big Hit rasmiy debyut sanasini 4-mart deb tasdiqlagan. Debyut shousi „Mnet“ telekanalida efirga uzatilgan. Debyut konserti 5-mart kuni „Yes24 Hall“ telekanalida efirga uzatilgan. 21-fevral kuni boʻlajak albom uchun trek roʻyxati eʼlon qilingan. 26-fevralda „어느날 머리에서 뿔이 자랐다 (CROWN)“ klipining birinchi tizeri chiqqan. Uch kun ichida (19 — 22-fevral) nashr qilinmagan albomning 100 000 dan ortiq nusxasiga oldindan buyurtma berilgan. 12-mart kuni, debyutidan sakkiz kun oʻtgach, „TXT“ „The Show“ dasturida birinchi mukofotini olgan. Albomi chiqqanidan bir hafta oʻtgach, guruh Billboard Emerging Artists, World Albums va World Digital Song Sales chartlarida 1-oʻrinni egallagan. 24-aprel kuni „Cat & Dog“ qo‘shig‘ining klipi taqdim etilgan. 3-may kuni „Cat & Dog“ ning inglizcha versiyasi klip bilan birga chiqqan. 25-aprel kuni guruhning fan-klub nomi „YOUNG ONE“ ekanligi eʼlon qilingan. Biroq, fan-klub nomi qoʻshiqchi Tiffanyniki bilan bir-xil boʻlib qolgani uchun bekor qilingan. Fan-klubning „MOA“ rasmiy nomi keyinroq 22-avgust kuni eʼlon qilingan. Bu „Moments of Alwaysness“ (Abadiyat lahzalari) degan maʼnoni anglatadi. Guruh Twitter’da shunday deb yozdi: „Har doim va abadiy, TOMORROW X BIRGADA va muxlislar birga o‘tkazadigan har bir lahza, TXT va ularning MOA muxlislari bitta orzuni yaratish uchun bir-birlarining orzularidan parcha yig‘ib olishadi“.
9-may kuni guruh New-Yorkda „Tomorrow x Together Showcase: Star in US“ gastroli doirasida namoyish oʻtkazdi. New-Yorkdan tashqari, guruh yana 5 ta shaharga tashrif buyurdi: Chicago, Orlando, Atlanta, Dallas va Los Anjeles. Tur 9-maydan 24-maygacha davom etdi. 2019-yil 8-avgustda „Big Hit Entertainment“ kompaniyasi dastlab avgust oyida yangi albom chiqarishni rejalashtirganliklarini eʼlon qilgan, biroq guruh aʼzosiSoobinga yuqumli konʼyunktivit tashxisi qoʻyilgani va Yeonjun bel ogʻrigʻidan aziyat chekkanligi sababli, u sentyabrga surilgan. 20-avgust kuni Big Hit Taehyung va Hyuning Kayga ham konʼyunktivit tashxisi qoʻyilganini eʼlon qilgan, bu esa albomning chiqarilish sanasini sentyabrdan oktyabr oyiga oʻzgartirgan. 2019-yil 21-oktabrda „TXT“ "The Dream Chapter: Magic" nomli birinchi studiyaviy albomini chiqardi.
2020-2021: Yaponiya debyuti, „The Dream Chapter: Eternity, Minisode1: Blue Hour, Still Dreaming“ va „The Chaos Chapter: Freeze“ 2020-yil 15-yanvarda „TXT“ Yaponiyada „Run Away“, „Crown“ va „Angel or Devil“ qoʻshiqlarining yaponcha versiyalari mavjud boʻlgan „Magic Hour“ singli bilan debyut qilgan. Singl Oricon Daily Chartda birinchi oʻrinda va Oricon Weekly Singles Chartda ikkinchi oʻrinda debyut qildi. 19-yanvar kuni guruhning debyuti Yaponiya televideniyesi „TV Asahi Music Station“ telekanalida eʼlon qilingan. 24-yanvar kuni ular „Run Away“ ning yaponcha versiyasini ijro etishgan; „TXT“ 2020-yilda shouda ishtirok etgan birinchi koreys guruhi edi. „Magic Hour“ 100 000 nusxada sotilgani uchun Yaponiya ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAJ) tomonidan oltin sertifikatga ega boʻldi. 27-aprel kuni guruh „The Dream Chapter: Eternity“ nomli yangi mini-albomi, „Canʼt You See Me?“ bosh singli bilan qaytishi eʼlon qilingan. Albom oʻzining birinchi haftasida 181 000 nusxadan koʻproq sotilgan va Gaon albomlar jadvalida ikkinchi oʻrinni egallagan. U Oricon albomlar xit paradlarida birinchi oʻrinni egallab, Yaponiyadagi birinchi chart-liderga aylangan. Iyul oyida albom Koreya Musiqiy Kontent Assotsiatsiyasi (KMCA) tomonidan platina sertifikatiga ega boʻldi. Ikki oy oʻtgach, „The Dream Chapter: Star“ va „The Dream Chapter: Magic“ ham KMCA sertifikatlarini oldi. 19-avgust kuni „TXT“ ikkinchi yaponcha „Drama“ singlini chiqardi. Yagona albomga „Drama“ va „Canʼt You See Me?“ ning yaponcha versiyalari, shuningdek, „Everlasting Shine“ birinchi original yapon qoʻshigʻi kiritilgan. „Everlasting Shine“ 1-sentyabrda efirga uzatila boshlangan Black Clover anime seriyasining openingidir (anime boshida aytiladigan kirish qoʻshigʻi) . „Drama“ debyut qilib, Yaponiyaning Oricon singllar xit paradida uchinchi oʻrinni egalladi va RIAJ tomonidan oltin sertifikatga ega boʻldi.
26-oktyabr kuni „TXT“ oʻzining uchinchi „Minisode1“ mini-albomini „Blue Hour“ bosh singli bilan chiqardi. Albom oʻzining birinchi haftasida 300 000 dan ortiq nusxada sotilgan Gaon albomlar chartida uchinchi oʻrinda debyut qildi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida albom Billboard 200 chartida 25-oʻrinni egallab, „TXT“ning mamlakatdagi eng koʻp sotilgan albomi va haftaning eng koʻp sotilgan albomi boʻldi. Albom bir vaqtning oʻzida Billboard World Albums chartida birinchi oʻrinni egalladi. 24-noyabr kuni guruh „Live On“ dramasi uchun „Your Light“ nomli saundtrekni chiqardi. 2021-yil 20-yanvarda „Still Dreaming“ birinchi yapon studiyaviy albomi chiqdi. Albom "World Trigger" animesining ikkinchi mavsumi uchun opening boʻlib xizmat qiluvchi original yapon qoʻshigʻi „Force“ ni oʻz ichiga oladi. „Still Dreaming“ debyut qilib, Yaponiyaning Oricon albom chartlari va RIAJ Select 2021年1月 on the drop-down menu da birinchi oʻrinni egalladi. Bu albom Billboard 200 roʻyxatida 173-oʻrinni egallab, bu „TXT“ni AQSh musiqa chartida yapon albomiga ega boʻlgan ikkinchi koreys guruhiga aylantirdi. Aprel oyida „Minisode 1: Blue Hour“ albomi KMCA tomonidan qoʻsh platina sertifikatiga ega boʻldi. 22-aprel kuni „Big Hit Music“ kompaniyasi „TXT“ may oyi oxirida qaytishini eʼlon qilgan. „TXT“ „The Chaos Chapter: Freeze“ ikkinchi studiyaviy albomini 31-may kuni Seori ishtirokidagi „0X1=Lovesong (I Know I Love You)“ bosh singli bilan chiqardi. 7-may kuni albomga oldindan buyurtmalar olti kun ichida 520 000 nusxadan oshib ketgani eʼlon qilindi. 31-may kuni albomning rasmiy chiqishi arafasida oldindan buyurtmalar soni 700 000 dan oshib ketdi, bu ularning so‘nggi albomidan ikki baravar ko‘p edi.
"The Chaos Chapter: Freeze" albomi Billboard 200 chartida 5-oʻrinda debyut qilib, guruhning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi eng koʻp sotilgan albomiga aylandi. 24-may kuni guruh „tvN“ telekanalida efirga uzatiluvchi drama „Doom At Your“ uchun „Love Sight“ original saundtrekini chiqardi. 25-iyun kuni „TXT“ pH-1, Woodie Gochild va Seori ishtirokida „0X1=Lovesong (I Know I Love You)“ remiksini chiqardi. Iyul oyida „Chaos Chapter: Freeze“ RIAJ tomonidan oltin sertifikatga ega boʻldi. Avgust oyida albom 750 000 ta joʻnatma tufayli KMCA tomonidan uch marta platina sertifikatiga ega boʻldi. 10-noyabr kuni „TXT“ toʻrtta trekdan iborat boʻlgan birinchi yaponcha „Chaotic Wonderland“ mini-albomini chiqaradi. Unda „0X1=Lovesong (I Know I Love You)“ va „MOA Diary (Dubaddu Wari Wari)“ ning yaponcha versiyalari hamda ikkita asl yapon qoʻshiqlari mavjud. Birinchisi, „Ito“, yapon rok guruhi „GReeeeN“ tomonidan yozilgan va yapon dramasi „Spiral Maze“ uchun saundtrek sifatida ishlatiladi. 2021-yil 24-noyabrda „TXT“ GQ Japan tomonidan taqdim etilgan „2021 Men of the Year Pop Icon Award“ mukofotini qo‘lga kiritdi.
Aʼzolari Guruhda qatʼiy pozitsiyalar yoʻq, maʼlumotlar taxminiydir. +Sahna nomi Haqiqiy ism Tugʻilgan kun Guruhdagi pozitsiyasi Hangul Soobin Choi Soo Bin 최수빈 12.05.2000 Sardor, vokalist, raqqos, reper Yeonjun Choi Yeon Jun 최연준 13.09.1999 Bosh reper, bosh raqqos, vokalchi Beomgyu Choi Beom Gyu 최범규 03.13.2001 Bosh raqqos, vokalchi, rapper Taehyun Kang Tae Hyun 강태현 05.02.2002 Bosh vokalchi, raqqos Hueningkai Kai Kamal Huening 휴닝카이 14.08.2002 Bosh vokalchi, reper, raqqos, makne (guruh kenjasi)
Filmografiyasi Telekoʻrsatuvlar
ONE DREAM.TXT (18.07.2019, Mnet) Playground (27.02.2021, JTBC) TO DO X Tomorrow X Together (2021, JTBC2) 2021 NEW YEAR’S EVE LIVE (2021, JTBC2)
Onlayn koʻrsatuvlar
TALK X TODAY (2019 — hozirgacha, V Live, YouTube va Weverse) TO DO X Tomorrow X Together (2020, V Live, Weverse) Weekly TXT (2020, AbemaTV) TALK X TODAY ZERO (2020, V Live, YouTube) TOMORROW X TOGETHER Map for „STILL DREAMING“ (2021, AbemaTV) Mukofot va nominatsiyalar soni Mukofotlari: 23 Nominatsiyalari: 60
Manbalar
Turkum:K-pop guruhlar Turkum:Republic Records ijrochilari