Otabek Valijonov (1984-yil 10-mayda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, Bangladesh Premyer-ligasi vakili Brothers Union jamoasida hujumkor yarim himoyachi yoki ikkinchi hujumchi sifatida oʻynagan. U hujum chizigʻining turli pozitsiyalarida oʻynay oladi.
Futbolchilik faoliyati Namangan futboli tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini „Navbahor“ klubi tarkibida boshlagan. Oʻzbekiston jamolaridan shuningdek Gʻuzorning „Shoʻrtan“ Andijonning „Andijon“, Buxoroning „Nurafshon“, Olnmaliqning „AGMK“ va Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klublari sharafini himoya qilgan.
2018-yil yozgi transfer oyida Bangladesh chempionati vakili „Team BJMC“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2019-yilgi mavsum avvalida Bangladesh chempionatining yetakchi jamoalaridan biri „Brothers Union“ jamoasi transfer qilingan. 2020-yilgi mavsumda Bangladeshning boshqa yana bir jamoasi „Shayx Jamol Danmondi“ klubibilan shartnoma imzolagan va klubning yetakchilardan biri sifatida 2023-yilgacha faoliyat olib bormgan.
Yutuqlar
Bangladesh Premyer-ligasi ikkinchi oʻrin: (1) 2021
Manbalar
Havolalar
Otabek Valijonov Soccerway saytida Otabek Valijonov Transfermarkt saytida
Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Sheikh Jamal Dhanmondi klubi futbolchilari Turkum:Team BJMC futbolchilari Turkum:Brothers Union futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Bangladesh Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Bangladeshdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar