Ivan Vasilyevich Larin (1926-yil 7-yanvar – 1986-yil 1-noyabr) – sovet sobiq futbolchisi, hujumchi va yarim himoyachi ampulasida oʻynagan, futbol jamoalarida murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. SSSR sport ustasi, RSFSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.

Faoliyati Moskvada „Stalinets“ yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi. Ikki jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda Moskvaning „Mehnat zahiralari“ jamoasi tarkibida "B" toifasidagi ligada oʻynagan.

1948-yilda Moskvaning „Lokomotiv“ jamoasiga oʻtgan. Ivan „A“ toifasida ligadagi debyut oʻyinini 1948-yil 2-mayda Kiyevning „Dinamo“ jamoasisiga qarshi oʻtkazgan„Dinamo“ Kiev 3 : 2 „Lokomotiv“ Moskva . Oliy ligadagi ilk golini 1948-yil 22-avgustda Leningradning „Zenit“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan„Zenit“ Leningrad 1 : 3 „Lokomotiv“ Moskva . 1951-yilda VMS (Moskva) jamoasi safida „A“ ligasida oʻynagan. 1953-yildan ustalar jamoalaridagi faoliyatining oxirigacha yana „Lokomotiv“ klubida oʻynagan.

Umuman olganda, Larin oliy ligada 161 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati 1957-yilda „Lokomotiv“ (Babushkin) jismoniy tarbiya jamoasida oʻyinovchi murabbiy sifatida ishlagan.

Larin 1968-yilda Dushanbening „Energetika“ (keyinchalik – „Pomir“) jamoasida bosh murabbiylik qilgan. Ivan keyinchalik Uralmash, Neftyanik (Fargʻona), Spartak (Orjonikidze), Volgar, Uralan jamoalarida murabbiylik faoliyatini olib borgan.

Larin 1986-yil 1-noyabrda 61 yoshida vafot etgan.

Manbalar

Havolalar

Ivan Larin Footballfactsru saytida Ivan Larin Footballdatabase saytida

Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:7-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1-noyabrda vafot etganlar Turkum:1986-yilda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Lokomotiv Moskva futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:CSKA Pomir futbol klubi murabbiylari Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar