Britaniya — Eron munosabatlari Buyuk Britaniya va Eron Islom Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlardir. 1935-yilgacha Fors nomi bilan tanilgan Eron, Xulaguiylar sulolasi tugaganidan keyin (XIII asr), qirol Edvard I Jefri Lenglini ittifoq tuzish umidida Eronga elchi yuborganidan beri Angliya bilan siyosiy munosabatlarga egaPatrick Clawson. Eternal Iran. Palgrave 2005 ISBN 1-4039-6276-6, p.25. Oʻshandan beri bu ikki davlatning oʻzaro munosabatlari notinch davrlarda ham nisbatan sokin boʻlgan.

Britaniya-Eron munosabatlari tarixi

Islom respublikasi 1979-yilgi inqilobdan keyin Britaniya Eron bilan barcha diplomatik munosabatlarni toʻxtatdi. Britaniya elchixonasi 1988-yilda yopilgan. Eron-Iroq urushi davrida Angliyaning Iroqqa koʻrsatgan yordami davlatlar munosabatlariga yomon taʼsir qildi. 250px|thumb|Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson bilan. 2017-yil 9-dekabr Oʻzaro munosabatlarning navbatdagi keskinlashuvi 2009-yilda Eronda ommaviy noroziliklarga sabab boʻlgan munozarali prezidentlik saylovlaridan keyin yuz berdi. 2009-yil 19-iyun kuni Oyatulloh Xomanaiy Britaniya hukumatini Eronga josuslar joʻnatganlikda ayblab, Britaniyani barcha Gʻarb davlatlari ichida „eng katta yovuz kuch“ deb atadi, bu esa gʻalayon koʻtargan olomonning ruhiy zoʻravonligini oshirdi. Eron ikki britaniyalik diplomatni „diplomatik maqomiga mos kelmaydigan harakat“da ayblab, mamlakatdan chiqarib yubordi. 2009-yil 23-iyunda Britaniya hukumati bunga javoban ikki eronlik diplomatni Buyuk Britaniyadan chiqarib yubordi .

2011-yil 29-noyabrda eronlik namoyishchilar Britaniyaning Erondagi elchixonasini buzib tashladilar, diplomatik missiyalar majmuasi yopildi va xodimlarni evakuatsiya qilish boshlandi. 2011-yil dekabr oyida Buyuk Britaniyadagi barcha eronlik diplomatlar Britaniya Tashqi ishlar vazirligi talabiga binoan oʻz vatanlariga chaqirib olindi.

2015-yil 23-avgust kunidanTehrondagi Buyuk Britaniya elchixonasi oʻz faoliyatini davom ettirishni boshladi.

Havolalar

Eronning Londondagi elchixonasi sayti Britaniyaning Tehrondagi elchixonasi sayti Demokratiya va inson huquqlari boʻyicha Buyuk Britaniya MIDDSS 2010 hisobotida Eron boʻlimi )

Manbalar

Turkum:Eronning ikki tomonlama aloqalari Turkum:Buyuk Britaniyaning ikki tomonlama aloqalari Turkum:Xalqaro munosabatlar