Aleksey Ovchinin (Ruscha: Алексей Овчинин 1971-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — Rossiya Harbiy-havo kuchlari mayori va kosmonavti, Ovchinin 2016-yilda oʻzining birinchi kosmik parvozini amalga oshirdi va 2018-yilda „Soyuz MS-10“ qoʻmondoni etib tayinlandi.

Yoshligi Ovchinin Ribinsk shahridagi 2-sonli oʻrta maktabni tamomlagan.

1988-yil avgustdan 1990-yil sentyabrgacha Borisoglebsk oliy harbiy uchuvchilar maktabi kursanti, 1990-yil sentyabrdan 1992-yil avgustigacha Yeisk oliy harbiy uchuvchilar maktabining talabasi boʻlib, u yerda uchuvchi-muhandis malakasini oldi.

Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirining buyrugʻi bilan 2012-yilda Ovchinin Qurolli Kuchlar safidan zaxiraga olingan.

Kosmonavt faoliyati 2006-yil 11-oktyabrda kosmonavtlarni tanlash boʻyicha idoralararo komissiya yigʻilishida u Yuriy Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash markaziga kosmonavt nomzodi sifatida tavsiya etildi.

2008-yil 16-iyundan 22-iyungacha Sevastopolda u Robert Thirsk (Kanada) va Richard Garriott (AQSh) bilan birga oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etdi.

U 2015-yil 27-martda ishga tushirilgan „Soyuz TMA-16M“ ning zaxira ekipaji tarkibida mashq qildi. 2015-yilning kuzida Ovchinin va kosmonavt Oleg Skripochka 8 kun davomida XKS bortida kosmonavtlar uchun moʻljallangan 160 xil oshpazlik taomini tatib koʻrdi. Oziq-ovqat 9 balli tizimda baholandi.

Ekspeditsiya 47/48 link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/79/ISS-47_Tim_Peake_and_Alexey_Ovchinin_in_the_Destiny_lab.jpg/220px-ISS-47_Tim_Peake_and_Alexey_Ovchinin_in_the_Destiny_lab.jpg|right|thumb| Ovchinin 47-ekspeditsiya ekipajdoshi Tim Peake bilan Ovchinin 2016-yil 18-mart kuni Soyuz TMA-20M komandiri sifatida UTC vaqti bilan 21:26 da, 47/ 48 - ekspeditsiyaning bir qismi sifatida uchirilgan. U 2016-yil 7-sentabr kuni orbitada 172 kun boʻlganidan soʻng ekipaj azolari bilan yerga qaytdi.

Ekspeditsiya 59/60 Ovchinin 2019-yil 14-mart kuni amerikalik astronavtlar Nick Hague va Christina Koch bilan birga “Soyuz MS-12” da, XKSga uchirildi. Uchlik ekspeditsiya 59 ekipajiga qoʻmondon Oleg Kononenko va parvoz muhandislari David Saint-Jacques va Anne McClain bilan qoʻshildi.

Oilaviy hayot Uning rafiqasi Svetlanadan, Yana ismli qizi (2007-yilda tugʻilgan) bor. Uning sevimli mashgʻulotlariga ov qilish, baliq ovlash va musiqa kiradi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:NASA Turkum:Kosmonavtlar