Ricardo de Niro German () (1999-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — professional futbolchi. Ricky German „Chesham United“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. German Angliyada tugʻilgan. U Grenada milliy futbol terma jamoasi vakilidir.
Yoshligi Ricky German Angliyaning Harlesden shahrida tugʻilgan. U Harrowdagi Avliyo Gregory katolik kollejida oʻqigan.
Klubdagi faoliyati
Chesterfield Ricky German oʻz faoliyatini „Chesterfield“ futbol klubining akademiyasida boshlagan. Ricky German 2016-yil 10-oktyabrda klub bilan birinchi shartnomasini imzolashga muvaffaq boʻlgan. U 2017-yilning 25-avgustida Milliy liga vakili „Alfreton Town“ futbol klubi safiga bir oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. 2017-yil 22-sentyabrda Ricky Germanning ijara muddati yana ikki oyga uzaytirilgan. German 2017-yil 16-oktyabrda „Sheffield“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshilgan. Ricky German 2017-yilning 10-noyabrida bir oylik ijara shartnomasi asosida „Matlock Town“ futbol klubiga qoʻshilgan.
Hendon 2018-yilning yozida Ricky German Janubiy liga vakili „Hendon“ futbol klubi safiga qoʻshilish uchun kelishuv bitimi imzolagan. German „Hendon“ klubi safida 28 ta oʻyinda maydonga tushib, 21 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan„Greensnet — Official Hendon FC: Squad — Ricardo German“. .
Crawley Town 2019-yilning 1-yanvarida Ricky German Ikkinchi liga vakili „Crawley Town“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2019-yilning 19-yanvarida German „Crawley“ futbol klubi safidagi birinchi oʻyinini „Port Vale“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:0) oʻtkazgan.
2019-yilning 26-iyulida Ricky German „Hemel Hempstead Town“ futbol klubiga ijara asosida oʻtgan. German 2020-yilning yanvar oyida „Hemel Hempstead Town“ futbol klubi safidan asosiy jamoa safiga qaytib kelgan. Ricky German 2020-yil 7-mart kuni „Oldham Athletic“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:0) „Crawley“ klubi uchun ilk golni raqib darvozasiga kiritgan.
2021-yil oktyabr oyida Ricky German Milliy liga vakili „Dulwich Hamlet“ futbol klubiga 2022-yil yanvarigacha ijaraga berilgan. Ricky German 2021—2022-yilgi mavsum oxirida asosiy jamoa safiga chiqarilgan.
Chesham United 2022-yil 5-avgust kuni Ricky German „Chesham United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.
Shaxsiy hayoti Ricky German Antonio Germanning ukasidir. Antonio German Grenada milliy futbol terma jamoasi vakili hisoblanadi.
Faoliyat statistikasi
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Boʻlim Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarChesterfield2016—2017Birinchi liga70000020902017—2018Ikkinchi liga2000100030Total90001020120Alfreton Town (ijara)2017—2018Milliy liga6131—0092Sheffield (ijara)2017—2018Premyer liga3100—0031Matlock Town (ijara)2017—2018Premyer liga17500—10185Hendon2018—2019Premyer liga201654—312821Crawley Town2018—2019Ikkinchi liga40000000402019—2020Ikkinchi liga81000000812020—2021Ikkinchi liga40001020702021—2022Ikkinchi liga0000000000Total161001020191Hemel Hempstead Town (ijara)2019—2020Milliy liga14410—21175Dulwich Hamlet (ijara)2021—2022Milliy liga3000—1040Hendon (ijara)2021—2022Premyer liga2000—0020Jami9028952011211235 +Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Grenada milliy futbol terma jamoasi 2021-yil 3 0 Jami 3 0
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Grenadalik erkak futbolchilar