Marcelo Josemir Saracchi Pintos (; 1998-yil 23-aprelda Urugvayda tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, Urugvay terma jamoasi himoyachisi.

Klublardagi faoliyati Marcelo Saracchi „Danubio“ futbol klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilning 16-avgust kuni „Juventud Las Piedras“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Urugvay premyer ligasida debyut qilgan. 2016-yil 28-may kuni „Montevideo Wanderers“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Marcelo Saracchi „Danubio“ safida ilk golini raqib darvozasiga kiritgan. 2017-yilning yozida Marcelo Saracchi Argentinaning „River Plate“ futbol klubiga oʻtgan. „Banfild“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Argentina premyer ligasida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati 2015-yilda Marcelo Saracchi Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Paragvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Boliviya, Chili, Kolumbiya, Braziliya, Paragvay, Argentina va ikki marta Ekvador jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Ekvadorliklarga qarshi kechgan bahsda Marcelo Saracchi gol urgan.

Oʻsha yilning yozida Marcelo Saracchi Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Maliga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

2017-yilda Marcelo Saracchi Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda oʻtkazilgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqqan. Turnirda Marcelo Saracchi Peru, Kolumbiya, Ekvador, Venesuela va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Oʻsha yili Marcelo Saracchi Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Yaponiya, Portugaliya va Venesuela jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti Urugvayda tugʻilgan, asli italyanhttps://sempreinter.com/2016/09/08/gm-saracchi-will-join-january-gets-passport/ Inter Milan news in English 24/7

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyin   GolOʻyin   GolOʻyin   GolOʻyin   GolDanubio F. C.2015—2016301 - -203212016140 - - - -14020171024010152Jami5434030613C. A. River Plate2017—20181904170301Jami1904170301R. B. Leipzig2018—201990101002002019—202041102071Jami13120120271Galatasaray S. K.2019—202014210001522020—20212701010290Jami4121000442Levante U. D.2021—202200 - - - -00Jami00000000Umumiy faoliyatida   12761112301627

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:23-aprelda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Urugvaylik erkak futbolchilari