Jeremy Toljan (; 1994-yil 8-avgustda Germaniyaning Shtutgart shahridada tugʻilgan) — nemis futbolchisi, „Borussia“ futbol klubi himoyachisi, „Sassuolo“ futbol klubida ijara asosida oʻynaydi. 2016-yilda Rio de Janeiroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati Jeremy Toljan „Stuttgarter Kickers“ futbol klubi va „Stuttgart“ futbol klublarining bolalar jamoalarida futbol oʻynay boshlagan. 2011-yilda Jeremy Toljan „Hoffenheim“ futbol klubining futbol akademiyasiga koʻchib oʻtgan. 2013-yil 5-oktabrda Jeremy Toljan Bundesligadagi debyutini „Mainz 05“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan. 2015-yil 17-oktabrda „Wolfsburg“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Jeremy Toljan „Hoffenheim“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.
2017-yilning yozida Jeremy Toljan Dortmundning „Borussia“ jamoasiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. 2018-yilning 27-yanvarida „Freiburg“ futbol klubiga qarshi bahsda Jeremy Toljan „Borussia“ futbol klubi safida ilk golini urgan.
Xalqaro faoliyati 2010-yildan boshlab Jeremy Toljan Germaniyaning turli yoshdagi terma jamoalarida oʻynay boshlagan.
2016-yilda Germaniya Olimpiya terma jamoasi tarkibida Jeremy Toljan Rio de Janeirodagi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻlgan. Turnirda u Meksika, Janubiy Koreya, Fiji, Portugaliya, Nigeriya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2017-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Jeremy Toljan 2017- yilda Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan. Turnirda Toljan Chexiya, Daniya, Italiya, Angliya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistika +JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro turnirJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol1899 Hoffenheim II2012—2013181--1812013—201440--402014—201530——30Jami251——2511899 Hoffenheim2013—201410010—1102014—20156020—802015—201618110—1912016—201720110—2112017—201820101040Jami5626010632Borussia Dortmund2017—201816110602312018—201900000000Jami1611060231Borussia Dortmund II2018—20191000—10Celtic (ijara)2018—20191002020140Sassuolo (ijara)2019—202029110—3012020—202126000—260Sassuolo2021—202220000—200Jami75110—761Umumiy faoliyatida 1835100902025
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar