Odam yoki inson, shuningdek Homo sapiens ham deyiladi (lot. ongli odam), sut emizuvchilar sinfining Hominidae oilasiga mansub primat turidir. Odamlar abstrakt fikrlash, nutq, introspeksiya qobiliyatli yuksak rivojlangan miyaga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar mehnat qurollari ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Odamni antropologiya fani oʻrganadi.

Odamning hayvonlardan farqi. Zoologiya sistemasiga koʻra, hozirgi aqlli odam (Homo sapiens) turi xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumiga kiritiladi. Bosh miyasining yirikligi, tirnoqlarining yassi boʻlishi, bosh barmoqlarining boshka barmoqlarga qarama-qarshi qoʻyilishi, skelet va organlarning tuzilishi, onaqornida rivojlanishi, rudiment va atavistik belgilarning oʻxshashligiga binoan, odam odamsimon maymunlar oilasiga kiritiladi. Bundan tashqari, odam bilan odamsimon maymunlarning kasalliklari va parazitlari ham oʻxshash.

Odam odamsimon maymunlardan oyoklarining qoʻlga nisbatan uzunligi, umurtqa pogʻonasida boʻyin, koʻkrak, bel, dumgʻaza egiklari va tovon gumbazining boʻlishi, chanoq suyagining kengayganligi, koʻkrak qafasining oldingi tomondan yassilanganligi, oyoq barmoklarining bir qator joylashganligi va boshqa morfologik belgilari bilan farq qiladi. Maʼnoli nutqqa ega boʻlishi tufayli Odam bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining nutq bilan bogʻliq qismlari kuchli rivojlanadi; tovush hosil qiluvchi apparat Odam uchun oʻziga xos tuzilishga ega. Bosh skeleti miya qismining yuz qis-miga nisbatan yirik boʻlishi, gavda-sida junlarning yoʻqolib ketishi ham Odam uchun xos belgi hisoblanadi.

Odamning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi toʻgʻrisida turli fikrlar va nazariyalar mavjud. Odam bilan bogʻliq qadimgi rivoyatlar va qadimgi diniy kitoblarga koʻra, Odamato va Momohavo Yer yuzidagi dastlabki odamlar boʻlgan. Zardushtiylik dinida Odam tabiatning bir boʻlagi, unda vujudga kelgan va yana unga qaytadi dey-iladi. Islom diniga koʻra, xudo „oʻzining eng erka va erkin bandasini tiriklik olamiga sardor qilib yuborgan“, yaʼni Odamni loydan oʻzining yerdagi oʻrin-bosari (xalifasi) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan, unga akl-idrokbergan. Tabiiyot fanlarining rivojlanishi bilan Odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisida ilmiy fikrlar paydo boʻla boshladi. Fransuz olimi J.Lamark birinchi boʻlib Odamning paydo boʻlishini umumiy tarzda tushuntirib berdi. Uning fikricha, Odam daraxtda yashashdan yerda yurishga oʻtgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan. Ingliz olimi Ch. Darvin odamning paydo boʻlishi muammosini evolyusion nuktai nazardan talqin qilib, Odam bilan odamsimon maymunlar uzoq umumiy ajdodga ega ekanligini koʻrsatib berdi. Uning fikricha, antropogenezda ham biologik omillar, yaʼni yashash uchun kurash, irsiy oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish amal qiladi. Lekin, koʻpchilik olimlarning fikricha, antropogenezda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar (ijtimoiy hayot, ijtimoiy mehnat), ayniq-sa, uning soʻnggi bosqichlarida katta ahamiyatga ega boʻlgan.

Tik yurishga oʻtish Odam evolyusiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki tik yurish tufayli qoʻllar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, mehnat qurollari yasab, uni ishlatadigan organga aylangan. Mehnat qurollarining paydo boʻlishi esa Odam tafakkurini kengaytirgan, uning tabiatga qaramligini kamaytirgan. Mehnat faoliyatining rivojlanishi bilan ant-ropogenezda biologik omillar taʼsiri kamayib ijtimoiy omillar ahamiyati orta borgan.

Antropogenezda ijtimoiy hayot katta ahamiyatga ega boʻlgan. Odam ajdodlari azaldan tuda boʻlib yashashgan. Qoʻl mehnat organiga aylana borishi bilan ular jamoa boʻlib yashashga oʻtishgan, yaʼni birga ovga chiqishgan, oʻzlarini himoya qilishgan; bolalarini tarbiyalashgan, ularga hunar oʻrgatishgan. Olovning kashf qilinishi, ovqatni pishirib yeyilishi Odam jagʻ suyaklari va chaynash muskullari vaznini kamaytirib, jagʻlarning harakatlanishini osonlashtirgan, nutqning rivojlanishi uchun imkon yaratgan. Maʼnoli nutqning paydo boʻlishi esa Odam tafakkurini kengaytirgan; Odamlar oʻrta-sidagi oʻzaro munosabatlarning tezla-shuviga olib kelgan. Bu jarayonlar tufayli, bosh miyaning vazni, katta yarim sharlar poʻstloq qismining sa-thi ortgan, natijada ong, tafakkur va nutq rivojlangan. Taxminlarga koʻra, dastlabki Odamlar bundan 1—2 mln. yil ilgari, hozirgi Odam bundan 40 ming yil ilgari paydo boʻlgan.

Odam evolyusiyasining asosiy yoʻnalishlari. Mezozoy erasida hasharotxoʻrlar orasidan parapiteklar (maymunsimon hayvonlar) ajralib chiqqan. Ulardan keyinchalik yarim maymunlar, maymunlar va driopiteklar (daraxtda yashovchi maymunlar) kelib chiqqan. Iklim so-vib, oʻrmonlarning siyraklashib borishi bilan driopiteklar yerda yashashga oʻtishgan. Odam paydo boʻlishining 1-bos-qichi maymunsimon hayvonlarning 2 oyokda yurishga oʻtishidan iborat. Bu bosqichda oldingi oyoqlar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, qoʻlga aylangan. Xuddi shu yoʻl bilan avstralopiteklar (jan. maymunlar) kelib chiqqan. Ular bundan 3—5 mln. yil ilgari Jan. va Sharqiy Afrika hamda Jan. Osiyoda yashagan. Antropogenezning 2-bosqichi ongli ravishda mehnat quroli yasashga oʻtishdan iborat. Eng qadimgi odam pitekan-troplar (maymun Odamlar) bundan 1 mln. yil avval yashagan. Ular skeleti krl-diklari Yava oroli, Afrika va Jan. Yevropadan topilgan. Pitekantroplar tuda boʻlib, gʻorlarda yashashgan; juda sodda tosh qurollar yasashgan; olovdan foydalanishgan. Ulardan keyinroqyashagan sinantroplar (xitoy odami) va neandertallar tosh va suyakdan qurol yasashni bilishgan, hayvon terisini yopinib yurishgan. Ularning bosh miya-si pitekantroplarga nisbatan yirik-roq boʻlgan. Neandertallar skeleti krldiklari dastlab Germaniyaning Neandertal daryosi yaqinidan, keyinchalik Afrika, Osiyodan, jumladan, Surxondaryo vodiysidagi Teshiktosh gʻoridan topilgan. Neandertallar bundan 150 ming yil avval taxminan 100 kishidan iborat guruh boʻlib, gʻorlarda yashashgan. Eng soʻnggi neandertallar bundan 28 ming yil ilgari hozirgi Odamlar ora-sida yashagan. Ular imo-ishoralar va oddiy soʻzlar yordamida muloqot qilish-gan; tosh, suyak va yogʻochdan mehnat qurollari yasashgan. Neandertallar orasida dastlabki mehnat taqsimoti paydo boʻlgan, deb taxmin qilinadi.

Hozirgi odamlar (kromanonlar)ning dastlabki vakillari bundan 30—40 ming yil avval paydo boʻlgan. Ular dastlab Fransiya janubidagi Kro-Manon qish-logʻidagi gʻordan topilgan. Kromanonlar boʻyining bal. (180 sm), miya qutisi hajmining kattaligi (160 sm³), pesho-nasining keng va tik boʻlishi, qosh usti boʻrtigʻining boʻlmasligi, iyagining rivojlanganligi bilan sinantrop va pi-tekantroplardan farq qiladi. Ular urugʻ va jamoa boʻlib yashagan; boshpana qurishni, hayvonlar terisidan kiyim tikishni bilishgan; nutki rivojlangan. Kromanonlar hozirgi Odamlar bilan birga aklli Odam turiga kiradi.

Aklli Odam turi Yer yuzida keng tarqal-gan, lekin bir tekis tarkalmasdan, populyasiyalar (irklar)ni hosil qilgan. Kromanonlar davrida mehnat qurollarining yanada takomillashuvi sunʼiy yashash muxitining yaratilishi tufayli Odam evolyusiyasida biologik omillar taʼ-siri keskin kamayib, ijtimoiy omillar taʼsiri kuchayadi. Antropogenez jarayonida serpushtlik kamayib, jinsiy balogʻatga yetish sekinlashdi, bolalik davri va Odamning umri uzaydi. Hozirgi Odamning paydo boʻlishi bilan tabiiy tanlanishning tur hosil qilish funksiyasi ham tugadi. Lekin Odam jismoniy tipining turgʻunligi nisbiy boʻlib, tur do-irasida morfologiya va funksiyalar turli yoʻnalishda oʻzgarib turadi. Agar bu xidsagi oʻzgarishlar ontogenezning tezlashuvi bilan bogʻliq boʻlsa, akseleratsiya deyiladi. Hozirgi davrda tibbiyot fanlarining rivojlanishi Odam organizmini klonlash va uning genofondini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy va etnik masalalarni oʻrtaga tashlamokda.

Anatomo-fiziologik xususiyatlari. Odam gavdasi ham barcha xordalilar singari2 tomonlama simmetriyaga ega boʻlib, bosh, boʻyin, tana, oyoq va qoʻllarga boʻlinadi. Bu boʻlimlar ham yana tegishli qismlarga ajratiladi. Xususan, bosh boʻlimi miya qutisi va yuzga, tana — koʻkrak, qorin va orqaga, qoʻl — yelka, tirsak, bilak va panjaga; oyoq — son, tizza, boldir va panjaga boʻli-nadi. Odam gavdasi bichimida yosh, jins va shaxsning oʻziga xos xususiyatlari namoyon boʻladi. Mac, erkaklar gavdasi nisbatan yoʻgʻon va yirik, chanogʻi tor, yelkasi keng; ayollar gavdasi, aksincha, nozik, kalta, chanogʻi yelkaga nisbatan kengroq boʻladi. Gavda tuzilishining dolxomorf (daroz), braximorf (kalta), ular oʻrtasida mezomorf (oʻrta boʻy), astenik (novcha, xipcha, ozgʻin), giperstenik (semiz, pa-kana), normostenik (normal) tiplari mavjud.