Qanbarali Qosimbek - Boburning ulug‘ begi Qosimbek Qavchinning o‘g‘li. Yoshligidan Boburga xizmat qilgan va ko‘plab janglarda ishtirok etgan. Bobur 1502-yil dushmanlar ta’qibidan qochib, yonida atigi sakkiz kishi bilan qolganda, Qanbarali ham u bilan birga bo‘lgan. 1506- yil Qanbarali Mirzoxon isyonini bostirishda ishtirok etgan va jasorat ko‘rsatgan. Qandahorga qilingan yurishda jangda yarador bo‘lgan. 1514-yil Boburning ukasi Nosir Mirzo vafot etgandan so‘ng, Boburga qarshi ko‘tarilgan isyonni bostirishda qatnashgan. Keyinchalik ham Boburga sadoqat bilan xizmat qilib, nufuzli beklar qatorida turgan. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. SHARQ. -T.;2014. Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Qanbarali Qosimbek · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.