„Bobur hujrasi“ (shuningdek, xalq orasida „Masjid“, „Taxti Sulaymon masjidi“, „Bobur uyi“ va „Oq uy“ kabi nomlar bilan mashhur) – Qirgʻizistonning Oʻsh shahrining qoq oʻrtasidagi Sulaymon togʻining choʻqqisida bunyod etilgan bir hujrali va peshtoq-ayvonli meʼmoriy obida. Temuriy hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan Turkistonda bunyod ettirilgan yagona imorat. 1496–1497-yillar mobaynida Andijon shahridan 40 km uzoqlikda qurdirilgan. Mahalliy aholi tomonidan hujraga uzoq vaqt masjid sifatida qarab kelingan. „Masjid“ 1963-yili Sovet davlati tomonidan olib borilgan dinga qarshi tashviqotning bir parchasi oʻlaroq yoʻqotib (portlatib) yuborilgan. 1986-yili Oʻsh shahrining ijroiya qoʻmitasi hamda shahar faollari tashabbusi ortidan hujraning qayta tiklanishi borasidagi Qirgʻiziston SSR hukumatining maxsus qarori tasdiqlangan. Hujra uzoq davom etgan bahs va tortishuvlardan soʻng „Kirgizrestavratsiya“ ilmiy-konstruktorlik byurosi tomonidan buxorolik va xivalik hunarmandlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha va umumiy hashar yoʻli bilan 1989-yil avvalgi holatiga monand ravishda qayta tiklangan. Meʼmoriy inshoot UNESCO muhofazasiga olingan (2009) va Qirgʻizistonda muqaddas joy sifatida eʼzozlanadigan Oʻsh birlashgan tarixiy-madaniy muzey-qoʻriqxonasi tarkibiga kiradi.
Nomlari Qirgʻizistonlik olimlarga koʻra, inshootning avvalgi hamda hozirgi rasmiy nomi „Taxti Sulaymon“ masjididir. Masjidning nomi keyinchalik togʻ nomiga koʻchgan. Xalq orasida esa u „Bobur uyi“ nomini olgan.
Oʻzbekistonlik taniqli boburshunos olim Sayfiddin Jalilov meʼmoriy yodgorlikka nisbatan „Bobur hujrasi“ nomini ishlatadi.
Qurilish tarixi va tavsifi left|thumb|Sulaymon togʻi Qirgʻizistonda muqaddas joy sifatida eʼzozlanadigan Sulaymon togʻi mamlakatning mashhur tarixiy yodgorligi boʻlib, Oʻsh birlashgan tarixiy-madaniy muzey-qoʻriqxonasi sifatida 2009-yilda UNESCOning jahon merosi durdonalari roʻyxatiga kiritilgan.
Togʻ turli davrlarda „Barokoʻh“ hamda „Buratogʻ“ (XVI asrgacha) va „Taxti Sulaymon“ („Sulaymon taxti“; XX asrdan) nomlari bilan atalgan. Hozirda unga nisbatan „Sulaymon togʻi“ () nomi qoʻllanadi.
Rivoyatga koʻra, temuriy shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur goʻzal Sulaymon togʻini yoqtirib qoladi. U xarsangtoshlardan birida Sulaymon paygʻambar tizzasi va peshonasidan qolgan ezilgan joylarni koʻrib, keyinchalik oʻsha yerga katta boʻlmagan hujra qurdiradi.
Boburnomada yozilishicha, hujra hijriy 902-yilda (1496–1497-yillarda) bunyod etilgan. Bobur hujrasi asosan ohak va gʻisht aralashmasidan qurilgan. Shu sababli keyinchalik aholi tomonidan hujraga „Oq uy“ deb nom berilgan. Sulaymon togʻida olib borilgan bu kabi bunyodkorlik faoliyati eng dastlabkisi boʻlmagani manbalarda qayd etilgan. Xususan, T. Aydashevning 1968-yilda nashr etilgan „Gorod Osh“ („Oʻsh shahri“) asarida Bobur hujrasidan tashqari Sulaymon togʻining yonbagʻirlarida XV asrning ikkinchi yarmiga oid Sulton Mahmudxon tomonidan qurdirilgan hujra mavjudligi aytiladi. XVI asr oxirlarida Sulaymon togʻining shimoliy yonbagʻri yaqinida Abdulloxon II (1583–1598) tomonidan qurdirilgan tarixiy „Rabot masjid“ yodgorligi ham boʻlgan. Masjid 1963-yilga kelib, qishloqda istiqomat qiluvchi mahalliy dindorlardan tortib olingan.
Bobur Sulton Mahmudxon va oʻzi qurdirgan hujrani solishtirar ekan, shahar va mahallalarning yaqqol koʻrinib turish jihati bilan oʻzi qurdirgan hujraning ustunroq ekanini taʼkidlab oʻtgan. Zahriddin Muhammad bu borada Boburnoma asari orqali shunday fikrlarni yozib qoldirgan:
Hujra 1930 va 1953-yillarda bir necha bor restavratsiya qilingan, biroq keyinchalik Bobur hujrasi dinga qarshi olib borilgan tashviqotlarning bir parchasi oʻlaroq 1963-yili portlatib yuborilgan. 1989-yil yanvar oyida Pravda gazetasi tomonidan 500 yil avval qurilgan hamda vayron qilingan Bobur Mirzo yodgorligi haqida maqola eʼlon qilingan. Natijada hujrani qayta qurish masalasi koʻtarilgan va saqlanib qolgan eski suratlar asosida Bobur hujrasi qurilgan davridagi holati boʻyicha qayta tiklangan. Sulaymon togʻining yuqori qismida joylashgan Bobur hujrasiga yetib borish uchun 1000 dan ortiq zinapoyadan chiqib borish kerak boʻladi.
Meʼmorchiligi Madaniy yodgorlik Sulaymon togʻi choʻqqisida, ochiq osmon ostida boʻlib, bir xonadan iborat. Pishiq gʻishtdan qurilgan. Kirish peshtoqining ravoqli ayvoni, binoning ichki qismi va mehrob ganchli naqshlar bilan bezatilgan. Ichki maydoni 2 metr kvadrat, balandligi esa 4 metrni tashkil qiladi.
Bahslar Bobur hujrasi sifatida bilingan imoratning aslida Bobur tomonidan qurdirilmaganini aytib keluvchi tadqiqotchilar ham bor. Xususan, navoiyshunos olim Zuhriddin Isomiddinovning „Ona yurtim-Qirgʻiziston, Oʻsh…“ deb nomlangan asarida bu boradagi baʼzi qarashlarini keltirib oʻtgan. Olim oʻz asarida shunday yozadi: Bu boradagi qarashlar yakdil boʻlmasdan, boshqa tadqiqotchi olimlar hujraning aynan Boburga oid ekanini taʼkidlab kelishadi. Masalan, tarixchi va etnograf olim Shavkat Otaxonov hujrani Bobur tomonidan qurdirilgan, degan fikrda sobit turgan tatqiqodchilardan biridir. Uning soʻzlariga koʻra, Bobur „togʻning sharqiy tumshugʻiga bir hujra soldirdik“ deb aytadi. Sulton Maxmudxon tomonidan qurdirigan hujra esa „togʻning choʻqqisida“ deb aytilgan. Otaxonov oʻz qarashlarining isboti sifatida fikrini shu tarzda ifodalaydi:
Madaniyatda Yozuvchi Pirimqul Qodirov oʻzining „Yulduzli tunlar“ nomli mashhur tarixiy romanida hujraning badiiy toʻqima qahramon – meʼmor Mulla Fazliddin tomonidan qurilganini tasvirlab oʻtgan.
Oʻshlik rassom Odiljon Vosilov asosan Sulaymon togʻi tasviri bilan bogʻliq mavzularni chizib keladi. Rassom bolalik xotiralariga asoslanib bergan intervyusida Bobur hujrasining buzib tashlanishi bilan bogʻliq holatni eslab oʻtgan:
Rassom, shuningdek, Sulaymon togʻining yuqori qismida Bobur hujrasi tasvirini ham chizgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Kitoblar
Maqoalar
Turkum:Qirgʻizistondagi meʼmoriy yodgorliklar Turkum:Tarixiy yodgorliklar