Vasiliy Vasilyevich Grigorov (1860-yil 25-aprel, Voronej viloyati – 1911-yil 16-oktyabr, Samarqand) – rus general-leytenanti, Samarqand viloyati gubernatori.
Biografiyasi Vasiliy Vasilyevich Grigorov 1860-yil 25-aprelda Rossiya imperiyasining Voronej viloyatida zodagonlar oilasida tugʻilgan. U boshlangʻich bilimlarni Voronej Mixaylovskaya nomidagi harbiy gimnaziyasida olgan. 1882-yilda Nikolayev nomidagi harbiy akademiyaga qabul qilingan va taʼlimini shu yerda davom ettirgan. 1884-yilda Kiyev okrugining bosh shtabi masʼuli lavozimiga tayinlangan. 1888-yil 24-noyabrda Chuguyev nomidagi havo flotida oʻrgatuvchi, 1892-yil 27-iyulda esa 14-mahalliy qoʻmondonligi qoʻmondoni lavozimida ishlagan. 1890-yil 1-aprelda podpolkovnik, 1902-yil 17-aprelda general-mayor, 1908-yil 13-aprelda esa general-leytenant unvonlarini qoʻlga kiritgan. 1911-yil Samarqand viloyatiga harbiy gubernator etib tayinlanagan.
Vasiliy Grigorov 1911-yil 16-oktyabrda Samarqandda vafot etgan.
Mukofotlari 1886-yilda 3-darajali Muqaddas Stanislav ordeni bilan mukofotlangan. 1891-yilda 3-darajali Avliyo Anna ordeni bilan mukofotlangan. 1898-yilda 2-darajali Avliyo Stanislav ordeni bilan taqdirlangan. 1905-yilda 3-darajali Muqaddas Vladimir ordeni bilan mukofotlangan.
Manbalar
Turkum:25-aprelda tugʻilganlar Turkum:1860-yilda tugʻilganlar Turkum:1911-yilda vafot etganlar Turkum:Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi) gubernatorlari