Nukus shahridagi Prezident maktabi – 2019-yil Nukus shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda darslar STEAM yoʻnalishiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar orqali olib boriladi. Prezident maktablari uchun kirish imtihonlari Cambridge universitetining Cambridge Assessment International Education imtihon kengashi tomonidan oʻtkaziladi.
Ochilish tarixi Nukus shahridagi Prezident maktabiga 2018-yilning mart oyida qurilish boshlangan. 2019-yil Nukus shahrida ochilgan zamonaviy taʼlim muassasasi. Maktabda oʻquv jarayoni qoraqalpoq, oʻzbek tillarida hamda STEAM taʼlim dasturi asosida olib boriladi. Shu yoʻnalishdagi aniq fanlar Buyuk Britaniyaning Cambridge University tashkilotining dasturi asosida ingliz tilida oʻqitiladi. Mahalliy oʻqituvchilar bilan bir qatorda Keniyadan Ondeki Xezbon Opiti, Buyuk Britaniyadan Tajerout Nourid, Janubiy Afrikadan Lerato Irin va Moytsa Mokege Richard kabi tajribali oʻqituvchilar taklif etilgan.
Nukus shahridagi Prezident maktabiga 2019–2020-oʻquv yilida maktabga 7500 dan ziyod oʻquvchi hujjat topshirib, shundan 144 nafari qabul qilingan.
Yaratilgan sharoitlari Maktab oʻquvchilari 5 mahal ovqat, bepul maktab formasi hamda bepul yotoqxona bilan taʼminlanadi. Oʻquvchilar darsdan boʻsh paytida kompyuterda ishlashlari uchun zarur shart sharoitlar yaratilgan. Sinfxonalar smart doskalar bilan jihozlangan.
Yana qarang Prezident maktablari Prezident maktabi (Qarshi) Prezident maktabi (Fargʻona) Prezident maktabi (Namangan) Prezident maktabi (Navoiy) Prezident maktabi (Buxoro) Prezident maktabi (Termiz) Prezident maktabi (Guliston) Prezident maktabi (Jizzax) Prezident maktabi (Samarqand) Prezident maktabi (Nurafshon) Prezident maktabi (Toshkent) Prezident maktabi (Xiva) Prezident maktabi (Andijon)
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi prezident maktablari Turkum:Prezident maktablari Turkum:Qoraqalpogʻiston oʻquv yurtlari