Perm xalqaro aeroporti () – Rossiyaning Perm oʻlkasi markazi Perm shahridan janubi-gʻarbda, Bolshoye Savino qishlogʻida joylashgan xalqaro aeroport. Perm oʻlkasidagi muntazam tijorat reyslari amalga oshiriladigan yagona aeroport boʻlib, avtobus va mikroavtobuslar kunduzi shaharning asosiy avtobus terminaligacha qatnaydi.
Perm ham harbiy, ham fuqaorlik aeroporti hisoblanadi. Aeroportda Rossiya Aerokosmik kuchlarining oz sonli Mikoyan MiG-31 (NATO: Foxhound) qiruvchi samolyotlariga ega 764-qiruvchi aviatsiya polki joylashgan.
Tarixi left|thumb| Hozirda foydalanilmayotgan eski terminal Perm xalqaro aeroporti birinchi marta 1952-yilda „Bolshoye Savino“ aeroporti sifatida Ikkinchi jahon urushi davrida Sovet Ittifoqi kuchlari qoʻmondoni, milliy qahramoni feldmarshal Georgiy Jukovning shaxsiy nazorati ostida qurilgan. Urushdan keyin Jukov Ural harbiy okrugiga qoʻmondonlik qilish, Perm shahri chekkasidagi Bolshoye Savino qishlogʻida Sovet Harbiy-havo kuchlari uchun aerodrom qurish uchun Iosif Stalin tomonidan Uralga surgun qilingan.
1960-yil 1-mayda AQShning U-2 josuslik samolyotini tutib qolishda ishtirok etgan 764-qiruvchi aviatsiya polkining ikki uchuvchisi Boris Ajvazyan va Sergey Safronov Bolshoye Savinoda edi. Hodisa paytida Geri Pauers boshqaruvidagi U-2 samolyotini tutib olishga urinayotgan Safronov oʻzining MiG-19 uchogʻini boshqarayotganda tasodifan safdoshlari tomonidan oʻldirildi. S-75 Dvina sovet yer-havo raketasi bilan U-2 urib tushirildi, ammo yerda zarba notoʻgʻri deb tushunildi va yana bir raketa otildi. Ammo Radarni aniqlash kodlari eskirganligi sababli Safronovning samolyoti tasodifan nishonga tushib qoldi.
1965-yilda Bolshoye Savino Permning asosiy fuqarolik aeroporti sifatida yaqin atrofdagi Baxarevka aeroportini almashtirdi. U harbiy-fuqarolik qoʻshma aeroporti sifatida qayta tashkil etildi va 39 ta toʻxtash joyi, terminal va yuk tashish joyiga ega oʻrta oʻlchamli samolyotlarga xizmat koʻrsatishni boshladi. Sovuq urush davrida 38 tagacha MiG-25 qiruvchilari, bir qancha Yak-25 va Yak-28 samolyotlari aerodromda saqlanardi va 1991-yilda zamonaviy MiG-31 samolyotlarini qabul qilindi. 2002-yilda uchish-qoʻnish yoʻlagi 2500 metrdan 3200 metrgacha uzaytirildi.
Rekonstruksiyasi va yangi terminali left|thumb| Apron koʻrinishi
1-bosqich 2012-yilda yoʻlovchilar oqimini oshirish va mintaqaviy reyslarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda hukumat 2020-yilgacha yillik sigʻimi 2 million yoʻlovchiga moʻljallangan yangi yoʻlovchi terminali va boshqa kichik oʻzgarishlarni qamrab olgan rivojlantirish loyihasini rejalashtira boshladi. 2035-yilga kelib terminal maydonini ikki baravar oshirish, shuningdek, koʻp qavatli avtoturargohlar, ofis xonalari, mehmonxonalar, savdo majmuasi va samolyotlar angarini qurish orqali yanada kengaytirish koʻzda tutilgan. Perm fuqarolari yangi terminal uchun „Bolshoye Savino“ nomini saqlab qolishni tanladi.
Yangi terminal 2017-yil 30-noyabrda rasman ochildi. Hozirda xalqaro reyslar eski terminal orqali amalga oshirilmoqda. Birinchi xalqaro reyslar 2018-yilning mart oyida boshlanishi kutilgan edi.
2-bosqich Hozirda samolyotga chiqish perronli avtobuslar yordamida amalga oshirilmoqda, ammo teletraplar oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Ushbu bosqich 2019-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan edi, ammo bahor va yoz oylarida kuchli yomgʻirlar tufayli qurilish jarayoni kechikdi.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Statistika Eng gavjum mahalliy yoʻnalishlar + Top 5 muntazam mahalliy yoʻnalishlar (2024) Oʻrni Shahar Mintaqa Yoʻnalishlar Jami oqimdagiulushi1Moskva Moskva Moskva viloyati912,50046.8%2Sochi Krasnodar oʻlkasi303,70015.6%3Sankt-Peterburg Sankt-PeterburgLeningrad viloyati277,60014.2%4Novosibirsk Novosibirsk viloyati49,1002.5%5Mahachqalʼa Dogʻiston34,8001.8%
Eng gavjum xalqaro yoʻnalishlar + Top 5 muntazam xalqaro yoʻnalishlar (2024) Oʻrni Shahar Mamlakat Yoʻlovchilar soni Jami oqimdagiulushi1Antaliya 114,3005.9%2Sharm ash-Shayx 17,6000.9%3Namangan 16,1000.8%4Minsk 13,6000.7%5Hurgada 13,5000.7%
Baxtsiz hodisalar 2008-yil 14-sentyabrda Aeroflot bilan xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnoma asosida Aeroflot-Nord aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan Aeroflot 821-reysi aviahalokstga uchradi va bortdagi 88 kishining barchasi halok boʻldi. Uchuvchilardan biri spirtli ichimlikdan mast boʻlgani aniqlandiRussian Plane Crashes, Killing 88.
Manbalar
Havolalar
NOAA/NWS joriy ob-havo kuzatuvlari ASN Accident history for USPP 60th Anniversary of the 4th PVO Army – rus tilida aeroport tarixi haqida maʼlumotlar mavjud
Turkum:Sovet Ittifoqida qurilgan aeroportlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Novaport Turkum:Perm oʻlkasi aeroportlari