Torjok – Rossiyaning Tver viloyatidagi shahar. Torjok tumanining maʼmuriy markazi viloyat ahamiyatiga ega boʻlgan shahar (okrug) hisoblanadi.

Torjok Rossiyaning janubiy viloyatlaridan Novgorod va Sankt-Peterburgga yaqin joylashgan yirik savdo shahri. XV asrning oʻrtalariga qadar Novgorod Respublikasining chegara shahri boʻlgan.

Shaharda XVII–XIX asrlarning meʼmoriy yodgorliklari, jumladan, turar-joy binolari, cherkovlar, Borisoglebskiy va Tirilish monastirlari saqlanib qolgan. Poligrafiya sanoati va yongʻinga qarshi uskunalar ishlab chiqarish rivojlangan. Aholisi 41 116 kishini tashkil etadi (2021-yil holatiga).

Geografiyasi Torjok Rossiyaning Yevropa qismida, Tverdan 63 km shimoli-gʻarbda, Valday togʻining etaklarida, Volganing chap irmogʻi boʻlgan Tvertsa daryosining ikkala qirgʻogʻida joylashgan. Shaharning maydoni 58,8 km². Dengiz sathidan oʻrtacha balandligi 165 m.

Tver Torjokdan 64 kilometr janubi-sharqda, Moskva esa 239 kilometr uzoqlikda joylashgan. Torjok temir yoʻl stantsiyasi Rjev, Lixoslavl va Soblagoga yoʻnalishlar kesishmasi bilan ulangan.

Torjok shahri Torjok tumanining markazi hisoblanadi.

Shahar Tvertsa daryosi kesib oʻtishi natijasida 2 qismga boʻlingan.

Tarixi Torjok Rossiyaning eng qadimgi shaharlaridan biri. Torjok nomining kelib chiqish davri aniq emas. Taxminlarga koʻra shaharga X-XI asrlar oxirida Novgorod savdogarlari tomonidan asos solingan. Buni arxeologik qazishmalar natijalari tasdiqlaydi.

Aholisi 2020-yilgi Butunrossiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra shahar aholisi soni boʻyicha Rossiya Federatsiyasining 1119 ta shaharlari orasida 369-oʻrinda edi.

Iqtisodiyoti Elektronika sanoati rivojlangan. „Rossiya temir yoʻllari“ OAJ lokomotiv xoʻjaligi bosh boshqarmasining loyiha-qurilish byurosining filiali Torjokda joylashgan.

Manbalar

Havolalar Официальный сайт администрации Торжка Официальный Туристический портал города Торжка Информационный портал города. Официальное СМИ Turkum:Rossiya shaharlari Turkum:Alifbo bo'yicha shaharlar