Favio Enrike Alvares () — argentinalik professional futbolchi, UNAM Pumas klubi safida yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p suradi, hozirda Talleres (Kordova) klubida safida ijara shartnomasi asosida o‘ynamoqda.

Klubdagi faoliyati left|thumb|238x238px| Alvares Los-Anjeles Gelaksi safida Alvares o‘zining professional faoliyatini Talleres klubi safida boshlagan. 2010-yilga kelib u Talleres futbol klubining asosiy jamoasi safida debyut qiladi. 2015-yil boshida Alvares Defense and Justicia klubiga transfer qilinadi. Shu yilning 14-fevral kunida “Ximnasia La Plata” ga klubiga qarshi o‘yinda u Argentina Primerasida debyut qiladi. 12-may kuni bo‘lib o‘tgan Kolonga qarshi bahsda Favio Defense and Justicia tarkibida o‘zining birinchi golini uradi.

2016-yil boshida Alvares “Atletiko Sarmiento” klubiga o‘tadi. 9-fevral kuni Veles Sarsfildga qarshi o‘yinda u yangi jamoada debyut qiladi.

O‘sha yilning yozida Alvares “Atletiko Tucuman” ga o‘tadi. 20-dekabr kuni Tigre klubiga qarshi o‘yinda u yangi klubida debyut qiladi. 2017-yil 13-mart kuni o‘zining sobiq jamoasi “Atletiko Sarmiento”ga qarshi o‘yinda Favio “Atletiko Tucuman” safida ilk golini uradi. 2019-yilning yozida Alvares Amerikaning “Los-Anjeles Gelaksi” klubiga ijara asosida o‘tadi. 20-may kuni bo‘lib o‘tgan MLSdagi Kolorado Rapidsga qarshi o‘yinda u debyut uchrashuv o‘tkazadi. 30-may kuni "Sporting Kanzas Siti" ga qarshi o‘yinda Favio "Los-Anjeles Gelaksi" safida o‘zining birinchi golini uradi.

2020-yil boshida Alvares Meksikaning UNAM Pumas klubiga ijara asosida o‘tadi. 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tganPachukaga qarshi o‘yinda u Meksika Primerasida debyut qiladi oradan biroz vaqt o‘tgach 17-yanvar sanasida Xuaresga qarshi o‘yin davomida Favio UNAM Pumas klubi uchun o‘zining birinchi golini uradi. Ijara muddati yakunlangach, klub futbolchini sotib oladi. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar