Iordan daryosining Gʻarbiy sohili (, ; , ) (inglizcha nomlanishining soʻzma-soʻz tarjimasi Gʻarbiy Sohil) — Gʻarbiy Osiyoning Levant hududida, Oʻrta yer dengizi yaqinida joylashgan hudud. Falastin Davlati daʼvo qiladigan hududlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Sharqdan Iordaniya hamda Oʻlik dengiz, janub, gʻarb va shimoldan esa Isroil bilan chegaradosh. Hudud 1967-yilda sodir boʻlgan Olti kunlik urushdan beri Isroilning harbiy okkupatsiyasi ostida qolmoqda. 1995-yilda "Oslo II" bitimi imzonlanganidan beri hudud Falastin milliy maʼmuriyatining (FMM) qisman yoki toʻliq administrativ boshqaruvi ostidagi 165 ta Falastin anklavlariga hamda Isroil qonunchiligi tatbiq qilinadigan 230 ta yahudiy manzilgohlaridan iborat qoʻshni hududni oʻz ichiga olib keladi. Gʻarbiy sohil Sharqiy Quddusni oʻz ichiga oladi. Isroil Gʻarbiy sohilning Sharqiy Quddusdan boshqa qismini Isroil fuqaroviy maʼmuriyati doirasida Iudeya va Samariya okrugi (, ) oʻlaroq boshqaradi.

Izohlar

Manbalar

Turkum:Gʻarbiy Sohil Turkum:Falastin Davlati