Shirinboy Abdullayev (; 1992-yil 4-avgustda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. 2024-yildan Buxoroning „Buxoro“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati Shirinboy Jizzax futbol maktabida taʼlim olgan. Professional faoliyatini 2011-yil Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida tarkibida boshlagan. Jizzax jamoasida asosan ikkinchi darvozabon sifatida foaliyat olib borgan. 2012-yilgi mavsumda Oʻzbekiston birinchi ligasida klubning asosiy darvozabonlaridan biri sifatida ishtirok etgan. 2017-yilgi mavsumda Toshkentning „Obod“ klubiga ijaraga berilgan. Obod jamoasi tarkibida asosiy darvozabon sifatida oʻynagan va 12 oʻyinda darvozani qoʻriqlagan. ikkinchi davra oldidan „Soʻgʻdiyona“ jamoasi Shirinboyni jamoa tarkibiga qaytargan. 2022-yilgi mavsumda Jizzax klubi tarkibida AFC Kubogida oʻynagan.

2023-yil 8-dekabrda „Soʻgʻdiyona“ jamoasi bilan shartnomasi uzaytirilmasligini eʼlon qildi va Shirinboy jamoani tark etgan. 2024-yil yanvar oyida sobiq ustozi Ulugʻbek Baqoyev taklifiga koʻra „Buxoro“ jamoasi mashgʻulotlarida ishtirok etgan va fevral oyida Buxoro klubi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlar Klub Buxoro Oʻzbekiston Kubogida ikkinchi oʻrin: 2025 Soʻgʻdiyona Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2021 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2012

Shaxsiy hayot Shirinboy taniqli futbolchi Izzatilla Abdullayevni akasidir.

Manbalar

Havolalar

Shirinboy Abdullayev OʻzPFL saytida futbolchi profili

Shirinboy Abdullayev Transfermarkt saytida futbolchi profili Shirinboy Abdullayev Soccerway saytida futbolchi profili Shirinboy Abdullayev Footballfacts saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Obod klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar