Jiddai Muborak jome masjidi – Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan. U Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid hisoblanadi. Qurilishi Masjid 1992—1993-yillar oraligʻida Ulugʻuva Xamidaxon ismli ayol tashabbusi bilan qurilgan. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 2800 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid kutubxonasida jami 250 ta kitob mavjud.
Manbalar
Turkum:Andijon shahridagi masjidlar