Naghsh-e Jahan stadioni (, ; Varzešgâh-è Naqš-è Jahân, yaʼni Jahon stadioni tasviri) – Eronning Isfaxon shahridagi futbol stadioni. U 2003-2007-yillarda qurib bitkazilgan va 2016-yilda qayta taʼmirdan soʻng ochilganidan beri Sepaxon jamoasining uy stadioni hisoblanadihttps://www.varzesh3.com/news/1604137. Hozirda 75 000 oʻrindiq sigʻimi bilan bu Erondagi ikkinchi yirik stadiondir.

U 2004, 2006, 2007 va 2021-yillarda Hazfi kubogining toʻrtta finaliga mezbonlik qilgan.

Rekord muxlislar tashrifi Quyidagi jadvalda „Naghsh-e Jahan“ stadionida eng koʻp tomoshabin tashrif buyurgan oʻn bitta oʻyin (35 000 dan ortiq tomoshabin) roʻyxati keltirilgan. № Sana Uy jamoasiHisob Mehmonlar jamoasi Davomat 1 2023-yil 24-aprel Sepaxon 1–1 Malavan 70 000 https://www.mehrnews.com/news/5762493 2 2019-yil 12-aprel Sepaxon 0–1 Esteghlol 60 000 2023-yil 17-fevral Sepaxon 2–0 Zenit 60 000 2023-yil 15-aprel Sepaxon 2–0 Rafsanjon aka 60 000 http://www.varzesh3.com/news/1921223 2023-yil 12-noyabr Sepaxon 1–0 Persepolis 60 000 https://www.khabarvarzeshi.com/news/437960 5 2023-yil 12-may Sepaxon 5–0 Paykan 55 000 https://www.farsnews.ir/isfahan/news/14020222000452 2023-yil 23-avgust Sepaxon 1–0 Esteghlol 55 000 https://www.farsnews.ir/isfahan/news/14020601000999 8 2018-yil 9-dekabr Sepaxon 1–1 Persepolis 50 000 9 2019-yil 30-noyabr Sepaxon 2–2 Esteghlol 44 000 https://www.varzesh3.com/news/1652594 10 2017-yil 21-sentyabr Sepaxon 2–2 Persepolis 38 000 2018-yil 30-noyabr Sepaxon 1–0 Padida Xuroson 38 000

Bahsli masalalar 2023-yilning 2-oktabr kuni OChL doirasidagi „Sepaxon“ – "Al-Ittihod" uchrashuvi oldidan mojaro yuzaga kelgandi. Mehmon jamoaning maydonda Qosim Sulaymoniy haykali borligi va bundan siyosiy maqsad borligidan noroziligi tufayli oʻyin toʻxtatildi. „Sepaxon“ qoidani buzgani uchun oʻyin natijasi „Al-Ittihod“ foydasiga 3:0 boʻldihttps://www.reuters.com/sports/soccer/sepahan-handed-fine-stadium-ban-after-al-ittihad-cancellation-2023-11-03/https://assets.the-afc.com/downloads/disciplinary-matters/List-of-the-AFC-DEC-decisions-1-November-2023.pdf.

Boshqa imkoniyatlar

Nagsh-e-Jahon Arena Naghsh-e-Jahan Arena rasman 25 Aban Arena nomini olgan – Isfahondagi yopiq sport arenasi. Stadion 6000 tomoshabinga moʻljallangan. U asosan voleybol, futzal va kurash uchun ishlatiladi. Ushbu arenada futzal boʻyicha 2015-yilgi klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati va 2017-yilgi erkaklar oʻrtasidagi yunon-rum kurashi klublari oʻrtasidagi jahon kubogi musobaqalari boʻlib oʻtgan.

Yana qarang

Sepaxon SC Nagsh-e-Jahon maydoni Nagsh-e-Jahon derbisi

Manbalar

Havolalar

Turkum:Eron futbol stadionlari Turkum:Isfahondagi bino va inshootlar Turkum:Isfahon sporti