Xunays ibn Huzofa (, hijriy 2, milodiy 624-yilda vafot etgan) – sahoba. Paygʻambar Muhammad bilan Madinaga hijrat qilganidan keyin oʻsha yerda vafot etgan.
Biografiyasi Xunays ibn Huzofa Makkadagi Quraysh qabilasining Sahm urugʻidan Huzofa ibn Qaysning oʻgʻli boʻlgan. Onasi Doida bint Hizyom ham Sahm qabilasidan ediMuhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, p. 307. London: Ta-Ha Publishers.. Xunaysning Abdulloh va Qays ismli ikki ukasi boʻlganMuhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, pp. 147-148. Oxford: Oxford University Press..
Xunays ibn Huzofa Abu Bakr SiddiqningIbn Ishaq/Guillaume p. 116. taʼsiri ostida „Rasululloh sollallohu alayhi vasallam al-Arqam uyiga kirgunga qadar“ erta Islomni qabul qilganIbn Saad/Bewley vol. 3 p. 307..
616-yilda Xunays ikki ukasi, yetti nafar amakivachchalari va yana toʻrt nafar urugʻ aʼzolari bilan Habashistonga hijratga joʻnaydiIbn Ishaq/Guillaume pp. 147-148.. 619-yilda fuqarolar himoyasida yoki yashirin tarzda Makkaga qaytganlar orasida ediIbn Ishaq/Guillaume p. 168.. Oradan koʻp oʻtmay Hafsa binti Umarga uylanadiIbn Ishaq/Guillaume p. 218., oʻsha paytda Xunays oʻn toʻrt yoshga toʻlgan ediMuhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 56. London: Ta-Ha Publishers..
Xalifa Umar 622-yilda Madinaga hijrat qilganida, Xunays va Hafsa unga hamrohlik qiladilarIbn Ishaq/Guillaume p. 218.. Avvaliga ular Rifaʼa ibn Abdulmunzirnng huzurida turadilarIbn Ishaq/Guillaume p. 218. Ibn Saad/Bewley vol. 3 p. 307.. Paygʻambar Muhammad har bir musulmonga islomda birodar tutinishni buyurganda, Rifaʼa ibn Abdulmunzir Xunaysni Muhammad ibn Maslamaning kuyovi Abu Abs ibn JabrIbn Saad/Bewley vol. 3 pp. 307, 353. bilan birodar qilib qoʻyadiIbn Saad/Bewley vol. 3 p. 352..
Xunays ibn Huzofa 624-yilning martida Badr jangida ishtirok etgan Sahm urugʻining yagona aʼzosi ediIbn Ishaq/Guillaume p. 329..
Vafoti Xunayz ibn Huzofa 624-yilning avgust oyi oxirida vafot etgan va Baqi’ qabristoniga dafn etilgan. Muhammad uning dafn marosimida shaxsan ishtirok etganIbn Saad/Bewley vol. 3 p. 307..
Xunays ibn Huzofadan avlod qolmaganIbn Saad/Bewley vol. 3 p. 307.. Uning bevasi Hafsa keyinchalik Muhammad paygʻambarga turmushga chiqqanIbn Hisham note 918..
Yana qarang
Muhammadning yurishlari roʻyxati Sahoba Umar
Manbalar
Turkum:Badr jangida ishtirok etgan sahobalar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:624-yilda vafot etganlar Turkum:Muhojirun Turkum:Uhud jangida ishtirok etgan sahobalar