thumb|Virjiniya Apgar yangi tugʻilgan bolani tekshirmoqda Apgar shkalasi — yangi tugʻilgan bolaning holatini tezda baholash tizimi.
Anesteziologlarning 27-yillik kongressida(1952) amerikalik anesteziolog Virjiniya Apgar birinchi marta hayotning ilk daqiqalarida yangi tugʻilgan bolaning holatini baholash uchun oʻzi ishlab chiqqan tizimni taklif qildi. Bu reanimatsiya muolajalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash uchun bolaning dastlabki holatini baholashning oddiy usuli.
Oʻlchov beshta koʻrsatkichni oʻz ichiga oladi, va har biri 0 dan 2 gacha boʻlgan ballarda butun son bilan baholanadi. Baholash natijasi 0 dan 10 gacha.
Apgar bali yangi tugʻilgan bolaning ota-onasiga xabari beriladigan, bolaning vazni va boʻyi bilan birga uchinchi koʻrsatgich hisoblanadi.
Koʻrsatkichlari Apgar shkalasi uchun beshta koʻrsatkich: 0 ball1 ball2 ballTerining rangiUmumiy rangparlik yoki umumiy siyanozTanasi pushti, oyoq- qoʻllari tsianotikButun tanasi va oyoq-qoʻllarining pushti rangiNafas olishYoʻq Zaif (gipoventiliya)Faol yigʻlash, ritmik nafas olishPulslar soni< 60 yoki yoʻq100 dan kam100 va undan koʻpHarakatchanlikyoʻqogʻriqqa reaktsiya qiladiQattiq yigʻlash faol harakatlarMushak tonusiyoʻqoyoq- qoʻllarning qisman bukilishiHarakatning faolligi
Natijalarni hisoblash Baholash odatda tugʻilgandan keyin bir-besh daqiqa ichida amalga oshiriladi va natijalar salbiy boʻlsa, qayta tekshiriladi. 3 dan kam ball yangi tugʻilgan bolaning ogʻir ahvolini koʻrsatadi, 7 dan ortiq ball yaxshi (normal) hisoblanadi.
Apgar shkalasi tibbiyot hodimlari uchun qaysi bolalar kuchliroq nazoratga muhtojligini aniqlash uchun ishlab chiqilgan. 5 ball olgan bola 7 dan 10 gacha ball olgan bolaga nisbatan kuchliroq nazoratga muhtojligini anglatadi. Tugʻilgandan keyin 1- daqiqada 5-6 ball olgan, lekin 5- daqiqada 7 — 10 ball olgan bola sogʻlom hisoblanadi. Apgarning 5 bali bilan hayotni boshlagan va tugʻilgandan keyin 5 daqiqadan soʻng ham 5 ballda qolgan bolalar reanimatsion yordamga muhtoj hisoblanadi. Maksimal 10 ball kamdan-kam hollarda uchraydi.
Ingliz tilida soʻzlashadigan mutaxasislar uchun mnemonik qoida(1963-yilda pediatr Jozef Batterfild tomonidan kiritilgan):
A ppearance- tashqi koʻrinishi (terining rangi); P ulse (yurak tezligi) — bolaning pulsi (yurak urishlari soni); G rimace —(stimulyatsiyaga javob) — mushaklar tonusi; A ctivity — harakatchanlik; R espiration-nafas olish harakatlari.
Quyidagi neologizm ham qoʻllanadi: American Pediatric Gross Assessment Record.
Ingliz tilida quyidagi mnemonik qoida ham qoʻllanadi: How Ready Is This Child (soʻzma — soʻz-bu bola qanchalik tayyor), bu yerda: H eart tezligi—yurak urish tezligi, R espiratory effort—nafas olish, I rritability—reflekslar va asabiylashish, T one—mushak tonusi, C olor—terining rangi.
Barcha koʻrsatkichlar tugʻilgandan keyin hayotning birinchi, beshinchi va oʻninchi daqiqalarida qayta tekshiriladi.
Adabiyotlar
Sears W, Sears M. kichkintoyingiz tugʻilgandan ikki yoshgacha. M.: Eksmo, 2006 Yil. Manbalar
Xomilaning etukligi, Apgar shkalasi. Android OS uchun Apgar shkalasi kalkulyatori https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A8%D0%BA%D0%B0%D0%BB%D0%B0_%D0%90%D0%BF%D0%B3%D0%B0%D1%80 Havolalar
Xomilaning etukligi, Apgar shkalasi. Android OS uchun Apgar shkalasi kalkulyatori
Turkum:Neonatologiya Turkum:Pediatriya