Farrux Soipov (1984-yil 25-sentyabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori va rejissyori.

Hayoti Farrux Soipov 1984-yil 25-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Farrux yoshligidan sahnani orzu qilgan va maktab xorida qoʻshiq kuylab yurgan. Ammo maktabdan keyin yuridik oliygohga oʻqishga kirgan.

Sanʼatni tark etishi 2017-yilda u sanʼatni tark etgan. „Sayyod.com“ sayti muallifi uning sanʼatdan ketish sababini quyidagicha izohlagan:Farruxning dunyoqarashi so‘nggi yillarda ancha teranlashib, u ko‘p narsani o‘ziga ep ko‘rmaydigan bo‘la boshlagan edi. Shuning uchun ham uning bu qarori to‘g‘ri.Javohir Zokirov esa bu haqida quyidagi fikrlarni aytgan:O‘sha paytda u ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi. Kinoda kelajagini ko‘rolmay, hafsalasiz bo‘lib qolganini sezish qiyin emasdi. Hatto kinoga tushishni ham xohlamay qolgandi. Shunda Farruxga “Film tarixda qoladi, odamlar ko‘radi. Keyinchalik uni ko‘rib afsuslanmaslik uchun rolni maromiga yetkazib ijro etgin. Odamlar ko‘rib, mana o‘zbeklar ham shunaqa zo‘r kino olishibdi, deyishsin”, deganman.Sanʼatni tark etganidan keyin u tadbirkorlik bilan shugʻullanishga oʻtgan. U bundan keyin ancha vaqt ekranlarda koʻrinish bermagan va 2018-yilga kelib umraga kelgan vaqtida Jasur Hamroyevga intervyu bergan.

Faoliyati Farrux Soipov ilk rolini „Marjona“ filmida ijro etgan. Shu filmdan soʻng u alohida aktyorlik mahoratlari kurslarida oʻqigan. Keyinchalik AQShga borib, maxsus kinematografiya kurslarida tahsil olgan. Farrux Soipovning birinchi taniqli filmi „Kelgindi kuyov“ boʻlgan. Bu filmda u AQShdan kelgan talaba yigit rolini ijro etgan. Uning ilk rejissyorligidagi film esa „Qalbim oʻgʻrisi“ boʻlib, unda oʻzi ham rol ijro etgan.

Farrux Soipov drama, melodrama, komediya va jangari filmlarda turli obrazlar yaratdi. Ulardan „Qalbim oʻgʻrisi“, „Feride“, „Sugʻdiyona“, „Oshiqlar“, „Panox“, „Kelgindi kelin“, „Osiy banda, 2011“, „Nafs“, „Muhabbatnoma“ va boshqalar bor.

Bundan tashqari Farrux Soipov xonandalik borasida ham oʻzini sinab koʻrgan. Ijodida „Gʻozal bu dunyo“, „Sen kechir“, „Nafs“ kabi qoʻshiqlari mavjud.

Filmografiyasi +Suratga tushgan filmlariYilNomiObrazIzoh2004MarjonaMashrabBosh rol2005Kelgindi kuyovSuhrob, amerikalik talaba yigitBosh rolGoʻzallik SiriShohruhBosh rol2006Kelgindi kelinElbekBosh rolSugʻdiyonaRustamBosh rol2007SevginatorFarruhEpizodPanohSanjarBosh rol2008Boyvachcha: AmakivachchalarFarruhEpizodFerideFarhodBosh rol2009Ada emas, dadaEpizodOshiqlarJahongirBosh rolQalbim oʻgʻrisiJafarBosh rol, rejissyor2010MuhabbatnomaShohjahonBosh rolYuzma yuzQodirBosh rol2011Osiy BandaFarruhEpizodNafsSamirRejissyor2012Kelgindi qaynonaBehruzBosh rol2014Angel of DeathRossiya, AQSh va Oʻzbekiston filmi2015SotqinSarvarBosh rol

Diskografiyasi +QoʻshiqlariYilNomiShoirBastakorIzohEy, yurtGʻozal bu dunyoSen kechirNafs

Manbalar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha rejissyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar