Vasiliy Anatolyevich Lomachenko (; 1988-yil 17-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik professional bokschi. Yengil vazn toifasining turli vaznlarida bir nechta jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 2024-yilning may oyidan yengil vazn toifasida Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) chempioni hisoblanadi.
Lomachenko barcha davrlarning eng muvaffaqiyatli havaskor bokschilaridan biri. Havaskor boksdagi faoliyati davomida 396 bahsda gʻalaba qozongan va 1 marta magʻlubiyatga uchragan. Magʻkubiyati uchun ikki marta qasos olishga muvaffaq boʻlgan. Yengil va oʻrta vazn toifalarida bahslarda ishtirok etgan. 2007-yilgi jahon chempionatida kumush, 2008yilgi Yevropa chempionatida oltin, 2008 va 2012-yilgi olimpiya oʻyinlarida hamda 2009 va 2011yillardagi jahon chempionatlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan.
Lomachenko 2013-yilda professional boksda debyut qilgan. Dastlabki jangda tailandlik Saensak Muangsuringa qarshi ringga koʻtarilgan. Uchinchi jangidayoq WBO yoʻnalishi chempioniga aylangan.
Faoliyati davomida ommaviy axborot vositalari tomonidan bir nechta mukofotlarga loyiq koʻrilgan. The Ring va ESPN nashrlari Lomachenkoni 2013-yilda „Yil istiqboli“ deb atagan; CBS Sports esa 2016-yilda yilning eng yaxshi bokschisi deb eʼtirof etgan; HBO Sports 2016 va 2017-yilda yilning eng yaxshi bokschisi deb topgan"Lomanchenko Named Fighter of the Year by HBOʻs 'The Fight Gameʼ. BoxingScene. 30 December 2016. Retrieved 4 April 2017.; Amerika Boks Yozuvchilari Assotsiatsiyasi () va The Ring nashri Vasiliyni 2017-yilda yilning eng yaxshi jangchisi deb eʼtirof etgan.
2024-yil may holatiga Lomashenko The Ring va ESPN nashrlari tarafidan eʼlon qilingan reytingga koʻra yengil vazn toifasida jahondagi eng yaxshi bokschi hisoblanadi. Xalqaro Boks Reytinglar Kengashi () va BoxRec tomonidan tuzilgan reytingda esa ikkinchi oʻrinda qayd etilgan. Manbalar
Turkum:2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari