Dnipro futbol klubi () — Dnipro shahrida tashkil etilgan futbol klubi.

2018-yilda FIFA tomonidan Dnipro futbol klubi futbolchilar va menejerlarga vaʼda qilingan pul kompensatsiyalarini toʻlamaganligi uchun koʻplab qonuniy daʼvolar tufayli bankrot boʻldi. Hozirgi paytda SC Dnipro-1 futbol klubi Dnipro futbol klubining norasmiy oʻrinbosaridirOles Khorunzhyi. SC Dnipro-1 confirmed that FIFA dismissed the claim of Jaba Kankava and did not recognize the club a successor of Dnipro (Dnepr-1 podtverdil, chto FIFA otklonila isk Kankavi i ne priznala klub pravopreemnikom Dnepra). Sport Arena. 23 February 2021..

Klub 1918-yilda tashkil etilgan. Sovet ittifoqi davrida klub SSR koʻngillilar sport jamiyati() „Metallurg“ aʼzosi boʻlgan (shundan keyin Metallurg/Metalurh va Stal nomlarini olgan) va 1961-yilgacha Petrovskiy Dnipropetrovsk metallurgiya zavodi tomonidan moliyalashtirilgan. Keyinchalik klub Janubiy Yuzhmash mashinasozlik zavodi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi va ruscha Dnepr, ukraincha Dnipro nomlari bilan faoliyat yuiritib kelmoqda. Dnepr nomi bilan xalqaro musobaqalarda qatnashgan. Sovet ittifoqi davrida klub Ukrainada joylashgan ikkinchi raqamli eng muvaffaqiyatli klub boʻlib, Sovet ittifoqining eng yuqori ligasida 1983 va 1988-yillarda gʻalaba qozongan. Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi qulaganidan soʻng klub xususiylashtirilgan.

Tarixi

BRIT Klub 1918-yilda Petrovskiy fabrikasi tomonidan tashkil etilgan va BRIT() deb nomlangan. Klub Katerynoslav hududiy chempionatida ishtirok etgan. BRIT klubi uy uchrashuvlarini „Sokil“ stadionida oʻtkazgan, bu kichik stadion Pushkin va Yuriy Savchenko koʻchalarining kesishmasida joylashgan. Bu stadionda BRIT klubidan tashqari yana toʻrtta klub uy uchrashuvlarini oʻtkazgan.

Petrovets — Stal — Metalurg Birinchi jahon urushi boshlanganida BRIT futbol klubi 1925-yil 9-mayga qadar tarqatib yuborilgan. Klub nomi 1926-yilda „Petrovets“ga oʻzgartirilgan va shu nomi bilan birinchi mavsumda ishtirok etgan. Klub 1936-yilda birinchi SSSR Oliy Ligasida Stal nomi bilan qatnashgan. 1947-yilda jamoa Dnipropetrovskning boshqa klubi Dnipropetsk Dynamo bilan birlashgandan soʻng SSSR Oliy Ligasida yana ishtirok etadi. 1949-yildan 1961-yilgacha jamoa Metallurg deb nomlangan. 1950-yildan 1952-yilgacha u yomon natijalar tufayli havaskorlar oʻrtasidagi chempionatga tushurilgan. 1954-yilda Metalurg Dnipropetrovsk USSR kubogining yarim finalida Spartak Yerevan klubi tomonidan tormor etilgan. Manbalar

Havolalar

Official website

Turkum:SSSR Oliy ligasi klublari Turkum:Ukrainada tugatilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:1918-yilda tashkil etilgan futbol klublari