Ivan Huklek (1986-yil 12-noyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik sportchi. Sportning yunon-rum kurashi turi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Faoliyati 2007-yilda Zagrebdagi „Sesvete“ klubida Slavko Benchich murabbiyligi ostida kurash bilan shugʻullana boshlagan. 2016-yilda faoliyatidagi dastlabki muvaffaqiyatga erishgan. Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻtkazilgan Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2017-yil noyabr oyida Polshaning Bydgoszcz shahrida oʻtkazilgan 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi jahon chempionatining finalida vengriyalik Erik Szilvássyga magʻlub boʻlgan va ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan. 2018-yil iyulda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan U23 Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Finalda ozarbayjonlik Islam Abbasovga imkoniyatni boy bergan va kumush medal sohibiga aylangan. 2019-yilda Serbiyaning Novi Sad shahrida oʻtkazilgan 23 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2019-yil iyun oyining soʻngida Minsk shahridagi Yevropa oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritgan. Bronza medali uchun vengriyalik Viktor Lőrinczga qarshi bahs olib borgan. 2021-yilning may oyida Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan saralash musobaqasida gʻalaba qozongan va olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Olimpiadaging yarim finaligacha boʻlgan yoʻlda amerikalik John Stefanowicz (5:3) va oʻzbekistonlik Rustam Assakalovni (4:1) magʻlub etgan. Yarim finalda ukrainalik Jan Belenyukka 1:7 hisobida magʻlub boʻlgan. Bronza medal uchun kechgan bahsda Serbiya sharafini himoya qilgan gruziyalik sportchi Zurabi Datunashviliga magʻlub boʻlgan va 5-oʻrinni egallagan.
2024-yilgi olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi saralash musobaqasida qatnashgan. Birinchi bosqichdayoq magʻlub boʻlgan va olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan.
Manbalar
Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:12-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar