Marta Ehrlich (1910-yil 27-aprel, Zagreb – 1980-yil 15-mart) xorvatiyalik ayol rassom.

Hayoti Marta Ehrlich 1910-yil 27-aprelda Xorvatiyaning poytaxti Zagreb shahrida tugʻilgan. U Ernest va Erna Laura Ehrlichlarning farzandi boʻlib, badavlat yahudiy oilasida oʻsgan. Uning otasi qurilish pudratchisi, onasi esa maktab oʻqituvchisi edi. Ehrlichlar Zagrebning taniqli oilalaridan biri boʻlgan, uning amakisi arxitektor Hugo Ehrlich va xolasi rassom va Xolokostdan omon qolgan Mira Klobučar edi. Ikkinchi jahon urushidan oldin Marta Ehrlich ota-onasi va ikki ukasi bilan amakisi Hugo Ehrlich tomonidan bunyod etilgan Tuškanacdagi villada yashagan. U Zagrebdagi boshlangʻich va oʻrta maktablarda taʼlim olgan. Marta Ehrlich 1934-yilda Zagreb universitetining Tasviriy sanʼat akademiyasini tamomlagan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Ehrlich 1935-yilda Parijga joʻnab ketgan va u yerda turli xil rasm chizish usullari boʻyicha mahoratini oshira boshlagan. U Parijda uch yil davomida ijod qilgan, keyin Zagrebga, oilasi oldiga qaytib kelgan. Zagrebga qaytgach, Marta Ehrlich Vladimir Bechichdan individual tarzda saboq olgan. Ehrlichning dastlabki faoliyati Bechichning taʼsiri bilan ajralib turardi. Oʻz faoliyati davomida Marta Ehrlich Xorvatiya tasviriy sanʼatining bebaho qismini tashkil etuvchi ajoyib 227 ta rasmni yaratgan. Ehrlich rassom Kamilo Tompaga turmushga chiqqan, u bilan Shubicheva koʻchasidagi uyda yashab, oʻsha yerda ishlagan. U oʻz joniga qasd qilishdan ikki yil oldin, 1978-yilgacha rasm chizgan.

Vafoti Marta Ehrlich 1980-yil 15-martda oʻz joniga qasd qilgan. Mirogoj qabristoniga Marta Tompa ism-sharifi bilan dafn etilgan Gradska groblja Zagreb: Marta Tompa, Mirogoj EVG-1-II/I-30. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1980-yilda vafot etganlar Turkum:1910-yilda tugʻilganlar Turkum:Zagreblik sanʼatkorlar Turkum:Yahudiy ayol rassomlar Turkum:Yahudiy rassomlar Turkum:Xorvatiyalik ayol rassomlar Turkum:Xorvatiyalik rassomlar Turkum:Yugoslaviyadagi suidsidlar Turkum:Xorvatiyalik yahudiylar