Azimbayeva Sabina Zairovna (; 2000-yil 14-fevral) – qozoq modeli, „Miss Almati 2017“ goʻzallik tanlovi gʻolibi. „Miss Universe 2018“ xalqaro goʻzallik tanlovida Qozogʻiston sharafini himoya qilgan.

Hayoti Sabina Olmaotada tugʻilib, shu yerda katta boʻlgan. Turon kollejini tarjimonlik va gid mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. U uygʻur musiqali komediya teatrida boks va raqs bilan shugʻullangan. Millati uygʻur. Xalqaro biznes universitetining turizm fakultetida tahsil olgan. 2019-yil oktyabr oyida turmushga chiqqan, lekin eri haqida hech narsa maʼlum emas.

Goʻzallik tanlovlari

Miss Almati 2017 11-sentabr kuni u „Miss Almati 2017“ goʻzallik tanlovida gʻolib boʻlgan.

Miss Kazakhstan 2018 Sabina „Miss Kazakhstan 2018“ milliy goʻzallik tanlovida ishtirok etib, 5-oʻrinni egallgan.

Miss Universe 2018 U „Miss Universe 2018“ tanlovida Qozogʻiston sharafini himoya qilgan.

Sabina „Miss Universe 2017“ tanlovida ham ishtirok etishi kerak edi, biroq uning oʻrniga Kamila Asilova ishtirok etgan.

Manbalar

Turkum:Olmaotada tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:14-fevralda tugʻilganlar Turkum:Qozogʻistonlik ayol modellar