Çiğdem Batur – 1982-yil 13-iyulda Turkiyaning Düzce viloyatida tavallud topgan aktrisa, rejissor va dublyaj ustasi. Gazi Universitetining aloqa fakultetida Xalqaro munosabatlar boʻlimini tamomlagach, 2000—2004-yillarda universitetga qarashli teatrda rol oʼynash bilan faoliyatini boshlagan. 2006-yilda „Kumush“ nomli serialda Songül Öden, Kıvanç Tatlıtuğ, Ekrem Bora, Güngör Bayrak, Laçin Ceylan, Tarık Ünlüoğlu kabi mashhur kino yulduzlari bilan birgalikda rol oʼynagan. 2007-yilda efirga uzatilgan „Vazgeç gönlüm“ nomli serialda Murat Han ve Bulut Aras bilan birgalikda bosh rolni ijro etgan. 2009-yilda Turkiyada oʻtkazilgan mobil internet reklamasida ishtirok etgan. 2010-yildan keyin Necati Şaşmaz tomonidan suratga olingan „Qashqirlar makoni“ nomli serialda Çiğdem Batur Savcı Leyla rolini ijro etgan. Manisa Kulis Xabarlariga koʼra, Gökhan Keser Çiğdem Baturning sevgilisi boʼlganligi va Batur bu munosabatni yakunlaganligi haqida aytib oʼtgan. Lekin, aktrisa oʼzining shaxsiy hayoti haqida hech qayerda oshkor qilishni yoqtirmaydi.

Havolalar IMDBda Çiğdem Batur Instagramda Çiğdem Batur

Manbalar