Kipr milliy futbol terma jamoasi () – xalqaro erkaklar futbolida Kipr sharafini himoya qiladi va Kiprdagi futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Kipr futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Kipr terma jamoasining uy stadioni hozirda Larnacadagi AEK Arena boʻlib, amaldagi murabbiyi Temur Ketsbaya hisoblanadi.

Tarixi Jamoaning birinchi rasmiy oʻyini 1949-yil 23-iyulda, futbol boʻyicha xalqaro boshqaruv organi boʻlgan FIFAga aʼzo boʻlganidan bir yil oʻtib boʻlib oʻtdi. Tel-Aviv shahri jamoasi Maccabi Tel-Avivga qarshi boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik oʻyini 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi. Milliy terma jamoa yetti kundan soʻng oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini oʻtkazdi: xuddi shu shaharda Isroilga 3:1 hisobida magʻlub boʻldi.

1960-yil noyabr oyida, Britaniya hukmronligidan mustaqillikka erishgandan soʻng, Kipr 1962-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash turniri doirasida Isroilga qarshi rasmiy oʻyin oʻtkazdi. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Kiprning xalqaro maydonda birinchi gʻalabasi 1963-yil 27-noyabrda qayd etildi. Terma jamoa oʻrtoqlik oʻyinida Gretsiya ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan. 1968-yil 17-fevralda Kipr Nikosiyadagi Old GSP stadionida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati saralash oʻyinida Shveytsariyani 2:1 hisobida magʻlub etgan. 1974-yilda milliy terma jamoa Nikosiyada Shimoliy Irlandiyani 1:0 hisobida magʻlub etdi. 1983-yil 12-fevralda Yevro-1984 saralash bosqichi doirasida Kipr Limasoldagi Tsirio stadionida jahon chempioni Italiya bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi, bir oy oʻtgach, xuddi shu natijani Chexoslovakiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda qayd etdi. Toʻrt yil oʻtgach, Yevro-1988 saralashida Kipr Polshaga qarshi safar oʻyinida gʻalaba qozondi. 1989-yilda Kipr terma jamoasi Jahon chempionati saralash oʻyinida Fransiya bilan 1:1 hisobida durang oʻynashdi. Oʻz maydonida bir qator gʻalabalarga erishgan terma jamoa, oʻzining safardagi birinchi gʻalabasiga 1992-yilda erishdi. Kipr 1992-yilda Farer orollari jamoasiga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Keyingi saralash musobaqalaridagi natijalar ham sezilarli darajada yaxshilanib bordi. 1996-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichida Kipr mezbon Daniya bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi. Toʻrt yil oʻtgach, ular Ispaniya va Isroilga qarshi oʻyinda mos ravishda 3:2 hisobida va San-Marino ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, 2000-yilgi UEFA Yevropa chempionati yoʻllanmasini qoʻldan boy berishdi.

2000-yil 15-noyabrda Kipr 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi doirasida Limasolda kechgan bahsda Andorra milliy futbol terma jamoasini 5:0 hisobida magʻlub etib, tarixdagi eng yirik gʻalabasini qoʻlga kiritdi. 2006-yil 7-oktabrda 2008-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Kipr Nikosiyadagi GSP stadionida Irlandiya Respublikasini 5:2 hisobida magʻlub etdi, Michalis Konstantinou va Constantinos Charalambidis ikkitadan, Alexandros Garpozis bitta gol urdi. Bir oy oʻtgach, 2006-yil 15-noyabrda ular avvalgi Jahon chempionati mezbonlari Germaniya bilan oʻz uyida 1:1 hisobida durang oʻynab yana bir kutilmagan natijani qayd etdi. 2007-yil 13-oktabrda ular Nikosiyada Uelsni 3:1 hisobida magʻlub etishdi. 2007-yil 17-oktabrda Kipr Dublinda Irlandiya Respublikasiga qarshi safarda tarixiy gʻalabaga yaqin keldi, ammo mezbonlar oʻyinning soʻnggi daqiqasida gol urdi va oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi. 2010-yil 3-sentabrda 2012-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Kipr Guimarãesda Portugaliyaga qarshi oʻyinda 4:4 hisobida durang oʻynadi.

2022—2023-yilgi Millatlar ligasi Kipr uchun omadsiz yakunlandi. Debyut oʻyinida Kipr Kosovoga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi, Kosovo ikkinchi boʻlim oxirida ikkita gol urib gʻalabani ilib ketdi. Keyingi Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻyinda jamoalar gol ura olmadi va oʻyin 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.

Toʻplam 2006-yil 7-oktabrda Diadora Kiprning yangi kiyim toʻplamini taqdim etdi. Unda yelkadan yenggacha kahrabo rangdagi xarita chizilgan, oʻrtasidan yashil chiziq oʻtib, orolning boʻlinishini koʻrsatadi. Ushbu bahsli toʻplam 2008-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichida ishlatilgan. Keyinchalik Adidas Kiprning 2010-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi, 2012-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichi va 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi uchun toʻplamlarini tayyorladi. 2018-yilda Macron UEFAning toʻplam sxemasi doirasida Adidas oʻrnini egalladi.

Homiy Davr Lotto 2000 Errea 2000–2002 Umbro 2002–2006 Diadora 2006–2008 Adidas 2008–2018 Macron 2018–2022 Errea 2022–present

Uy stadioni 2021-yil oxiridan beri Kipr uy uchrashuvlarini Larnacadagi Georgios Karapatakis nomidagi AEK Arenada oʻtkazadi.

Avvalroq uy uchrashuvlari mamlakat boʻylab turli stadionlarda oʻtkazilgan. 1974-yilgacha terma jamoa Nikosiya markazidagi eski GSP yoki Famagustadagi GSE stadionidan foydalangan. Turkiyaning Kiprga bostirib kirishidan soʻng, Limasoldagi Sirion va Nikosiyadagi Makario stadionlarida baʼzi oʻyinlar oʻtkazildi. 1999-yilda Nikosiyadagi Yangi GSP stadioni milliy terma jamoaga topshirildi.

Natijalar Quyida oxirgi 12 oydagi oʻyin natijalari, shuningdek, rejalashtirilgan barcha kelgusi oʻyinlar roʻyxati keltirilgan.

2023

2024

Murabbiylar jamoasi

Bosh murabbiy Temur Ketsbaia Yordamchi murabbiy Mamuka Chakvetadze Yordamchi murabbiy Aleksandre Chanturishvili Darvozabonlar murabbiyi Irakli Kuchava Jismoniy tarbiya murabbiyi Giorgi Papunashvili Tahlilchi Davit Arveladze

Terma jamoani boshqargan murabbiylar .

Argyrios Gavalas (1960–1967) Pambos Avraamidis (1968–1969) Ray Wood (1970–1971) Sima Milovanov (1972) Pambos Avraamidis (1972–1974) Panikos Iakovou (1974) Pambos Avraamidis (1975) Kostas Talianos (1976) Panikos Krystallis (1976–1977) Andreas Lazarides (1977) Kostas Talianos (1978–1982) Vasil Spasov (1982–1984) Panikos Iakovou (1984–1987) Takis Charalambous (1987) Panikos Iakovou (1988–1991) Andreas Michaelides (1991–1996) Stavros Papadopoulos (1997) Panikos Georgiou (1997–1999) Stavros Papadopoulos (1999–2001) Takis Charalambous (2001) Momčilo Vukotić (2001–2004) Angelos Anastasiadis (2005–2011) Nikos Nioplias (2011–2013) Pambos Christodoulou (2014–2015) Christakis Christoforou (2015–2017) Ran Ben Shimon (2017–2020) Johan Walem (2020–2021) Nikos Kostenoglou (2021–2022) Temur Ketsbaya (2022–)

Futbolchilarning rekordlari

Qora rang bilan berilgan futbolchilar hozirda faoliyati davom etmoqda.''

Oʻyinlarda eng koʻp ishtirok

DarajaIsmIshtirokGollarFaoliyati1Ioannis Okkas103271997–20112Constantinos Charalambidis93122003–20173Michalis Konstantinou84321997–20124Pambos Pittas8271987–19995Constantinos Makrides7752004–20166Nicos Panayiotou7401994–20067Demetris Christofi7292008–hozirgacha8Elias Charalambous6902002–2017Chrysis Michael6972000–2017Giorgos Theodotou6901996–2008

Toʻpurarlar DarajaIsmGolarIshtirokNisbatFaoliyati1Michalis Konstantinou32861997–20122Ioannis Okkas271031997–20113Pieros Sotiriou12602012–hoziragchaConstantinos Charalambidis12932003–20175Efstathios Aloneftis10622005–20176Marios Agathokleous9381994–2003Demetris Christofi9722008–hozirgacha8Fivos Vrahimis8181977–1982Milenko Špoljarić8211997–2001Siniša Gogić8371994–1999Andreas Sotiriou8391991–1999

Manbalar

Havolalar

Cyprus at UEFA Cyprus at FIFA RSSSF archive of results 1949– RSSSF archive of most capped players and highest goalscorers RSSSF archive of coaches 1929–

Turkum:Milliy futbol terma jamoalari Turkum:Yevropa milliy assotsiatsiyasi futbol jamoalari