Francisco Garrigós Rosa (, 9-dekabr 1994-yil) – ispan dzyudochisi, 2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarining bronza medali sovrindori, 2023-yilgi jahon chempioni, uch karra Yevropa chempioni, jahon va Yevropa chempionatlari sovrindori.

Hayoti Francisco Garrigós 1994-yilda Mostoles shahrida tugʻilgan. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan, biroq birinchi jangda magʻlub boʻlgan va oʻz vazn toifasida atigi 17-oʻrinni egallagan. 2017-yilda Yevropa chempionatining bronza medali sohibiga aylangan. 2019-yilda Yevropa oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2020-yil noyabr oyida Chexiya poytaxtida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Francisco turnirning bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Yarim finalda Francisco boʻlajak Yevropa vitse-chempioni rossiyalik Yago Abuladzega yutqazib qoʻyadi.

2021-yil aprel oyida Portugaliya poytaxti Lissabonda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ispaniyalik sportchi finalda fransiyalik Luka Mxeidzeni qoʻshimcha vaqtlarda magʻlub etib, faoliyatida ilk bor qitʼa chempioni boʻlgan. 2021-yil iyun oyida Vengriya poytaxti Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ispaniyalik sportchi 60 kg vazn toifasida 3-oʻrin uchun kurashda fransiyalik sportchi Walide Khyarni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2023-yilning may oyida Qatar poytaxtida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ispaniyalik dzyudochi 60 kilogramm vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi Dilshodbek Baratovni finalda magʻlub etib, chempion boʻlgan.

2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Francisco uchinchi oʻrin uchun kurashda gruziyalik sportchi Georgiy Sardalashvilini magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritadi.

Manbalar

Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:9-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar