Duglas Augusto Soares Gomes (1997-yil 13-yanvarda tugʻilgan) – braziliyalik professional futbolchi, Fransiyada „Ligue 1“ musoboqasining „Nantes“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Karyerasi

Braziliya

Rio-de-Janeyroda tugʻilgan Duglas 2004-yilda 7 yoshida Fluminense klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. 2015-yil 6-sentyabrda oʻzining Braziliya A Seriyadagi debyutini Flamengog jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va jamoasi 3:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Duglas 2016-yilgi mavsumda klubning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan va fevral oyida shartnomasini 2021-yilgacha uzaytirgan. Douglas oʻzining birinchi golini oʻsha yilning 13-sentyabrida „Atletiko Mineyro“ klubiga qarshi, oʻz boʻlga oʻyinda kiritgan va jamoasi 4:2 hisobida gʻalaba qozongan. 2018-yilgi mavsumini „Fluminense“ klubida boshlagan, biroq keyinchalik yozda „Corinthians“ klubiga 1 million yevro evaziga oʻtgan. 2019-yil yanvar oyida Duglas „Corinthians“ tomonidan „EC Bahia“ klubiga ijaraga berilgan va 22 yoshli futbolchi keyinchalik 2019-yilgi Braziliya A Seriya mavsumida 7 ta oʻyinda maydonga tushgan.

PAOK

2019-yilning 1-iyulida PAOK klubi „Corinthians“ jamoasidan Duglas Augusto sotib olganini va futbolchi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Nantes

2023-yil 13-avgustda Fransiyaning „Nantes“ jamoasi Douglas bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilganhttps://www.sfina.gr/podosfairo/diethni/ntoougklas-aougkousto-ton-parousiase-i-nant-me-entuposiako-binteo-kai-kantona/

Manbalar

Havolalar

Profile at the FC Nantes website

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Fluminense FC futbolchilari Turkum:PAOK FC futbolchilari Turkum:FC Nantes futbolchilari Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar