Alpamish stadioni (baʼzi oʻrinlarda sport majmuasi, ) – Oʻzbekistonning Termiz shahrida joylashgan, bir necha sport turlarini oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlgan futbol stadioni.
Tarix Ilgari bu stadion mahalliy „Surxon“ futbol klubining uy arenasi boʻlgan, biroq Oʻzbekiston Superligasining bir qator klublari (jumladan, „Surxon“) uy stadionidagi yorugʻlik tizimi va maydon chimining sifati oʻyin oʻtkazish talablariga javob bermaganligi sababli, oʻz maydonidagi oʻyinlarini boshqa klublarning stadionlarida oʻtkazishga majbur boʻlgan.
Tavsif
„Alpamish“ futbol stadioni 6000 tomoshabinga moʻljallangan. Maydon chimi tabiiy qoplamaga ega.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha stadionlar Turkum:Oʻzbekistondagi futbol stadionlari Turkum:Termizda sport