Mirobod jome masjidi – Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani Mirobod mahallasida joylashgan masjid. 1998-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1991-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilishi Mirobod hoji” jome masjidining qurilishi 1989-yil hashar yo‘li bilan boshlangan. 1991-yildan boshlab esa masjid faoliyatini boshlagan. Masjidning umumiy yer maydoni 2000 kv.m. Masjid 1ta xonaqoh, 2ta yopiq ayvon, kutubxona va masjid xodimlari uchun 5ta xonalardan iborat xonalari mavjud.

“Mirobod hoji” jome masjidida hozir zamonaviy qiyofa aks etgan holda, namozxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Masjid Mirobod mahallasida joylashganligi uchun “Mirobod hoji” deb atalgan.. Hozirda Muhammad Amin domla Qobiljonov “Mirobod hoji” jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Manbalar