Ummon boʻyidagi oʻylar – atoqli oʻzbek shoiri Abdulla Oripovning 2024-yilda nashr etilgan sheʼriy toʻplami. Toʻplam shoirning 2015—2016-yillarda AQShning Texas shtatida joylashgan Hyuston shahrida boʻlgan paytida yozgan sheʼrlaridan tashkil topgan. Umumiy hisobda 5000 nusxada nashrdan chiqqan.
Nashr etilishi Sheʼriy toʻplam Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida chop etilgan. Sheʼrlarni toʻplab, nashrga tayyorlash jarayonlarida shoirning oila aʼzolari, jumladan, rafiqasi Xanifa Mustafayeva hamda qizi Mavluda Oripovalar ishtirok etgan.
2024-yilning sentyabr oyida Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida bir guruh oʻzbek ziyolilari ishtirokida shoirning yangi nashr etilgan „Buyuk soddalik“ hamda „Ummon boʻyidagi oʻylar“ toʻplamining taqdimoti oʻtkazilgan. Sheʼrlari Toʻplamda 136 ta sheʼrlar mavjud. Abdulla Oripovning 2015-yil 24-iyuldan 2016-yil 16-oktyabrgacha yozgan sheʼrlarining barchasi toʻplamga kiritilgan. Manbalar
Turkum:Abdulla Oripov kitoblari