Qayrat Jirgʻalbek oʻgʻli (; 1993-yil 13-iyunda tugʻilgan) – qirgʻizistonlik professional futbolchi, Abdish-Ata va Qirgʻiziston terma jamoasi yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Klub karerasi 2012—2014-yillarda „Abdish-Ota“ jamoasi tarkibida oʻynagan.
2015-yilda poytaxtning „Dordoy“ klubi safiga oʻtgan. Dordoy Bishkek jamoasi bilan birgalikda OFK kubogi turnirida ishtirok etgan. Xalqaro turnir doirasidagi dastlbki golini 2018-yilning 23-yanvarida Turkmanistoning „Ahal“ jamoasi darvozasiga urgan. Dordoy oʻynagan davrida bir necha bor mamlakat chempioni va kubok sohibi boʻlgan. 2018-yilgi mavsum soʻngida mamlakatning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan.
Terma jamoadagi faoliyati Qirgʻizistonning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida 2014 (3 ta oʻyinda ishtirok etgan) va 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida (23 yoshdan katta boʻlgan uchta oʻyinchidan biri sifatida oʻynagan, 3 ta oʻyinda ishtirok etgan) qatnashgan.
Qayrat Qirgʻiziston terma jamoasidagi ilk oʻyinini 2013-yilning 6-sentyabr kuni Belarus terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazagan. Jirgʻalbek oʻgʻli ikkinchi boʻlim avvalida Ildar Amirov oʻrniga maydonga tushgan. Qayrat terma jamoa tarkibidagi sakkizinchi oʻyinida, 2014-yilning 5-sentyabri kubi Qozogʻistonga qarshi oʻyinda birinchi golini kiritgan.
Qirgʻiziston bilan birgalikda 2019 va 2023-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etgan.
Faoliyat statistikasi
+ Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarQirgʻiziston20133020147120151020168020174020189120191002020002021602022602023102Total644
Hisob va natijalar birinchi navbatda Qirgʻizistonning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustunida har bir Jirgʻalbek oʻgʻli golidan keyin hisob oʻzgarishini koʻrsatadi.
+ Qayrat Jirgʻalbek oʻgʻli tomonidan terma jamoa tarkibida kiritilgan gollar roʻyxati№SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa1 2014-yil 5-sentyabr Astana Arena, Ostona, Qozogʻiston 1–5 1–7 Oʻrtoqlik uchrashuvi2 2018-yil 10-sentyabr Dolen Omurzakov stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston 1–0 2–1 Oʻrtoqlik uchrashuvi3 2023-yil 25-mart Khuman Lampak Main stadioni, Imphal, Hindiston 1–1 1–1 2023-yilgi uch millat kubogi4 2023-yil 16-noyabr Bukit Jalil milliy stadioni, Kuala Lumpur, Malayziya 1–1 3–4 2026-yilgi FIFA jahon chempionati saralashi
Yutuqlar Dordoy Bishkek Qirgʻiziston Premyer-ligasi chempioni: 2018, 2019, 2020 Qirgʻiziston Kubogi sohibi: 2016, 2017, 2018
Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi (2): 2018, 2023
Manbalar
Havolalar
Qayrat Jirgʻalbek oʻgʻli Transfermarkt saytida
Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Bishkeklik futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:FC Dordoy Bishkek futbolchilari Turkum:FC Abdysh-Ata Kant futbolchilari Turkum:FK Aksu futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonda yilning eng yaxshi futbolchisi