Fan tarixi qadimgi davrlardan hozirgi kungacha boʻlgan ilm-fanning rivojlanish jarayonidir. Ushbu jarayon fanning uchta asosiy yoʻnalishi: tabiiy, ijtimoiy va formal fanlarni qamrab oladi. Maʼrifatchilik davrida rasmiy fan sohalari shakllangach bronza, temir, antik davrlar hamda oʻrta asrlarda mavjud boʻlgan protofanlar, ilk bilimlar va alkimyo hamda astrologiya kabi tabiiy falsafiy ilmlar yangi tarixning ilk davriga kelib oʻz ahamiyatini yoʻqota boshlagan.

Ilm-fanning eng qadimgi ildizlari Qadimgi Misr va Mesopotamiyaga borib taqaladi (miloddan avvalgi 3000-yildan to 1200-yilgacha boʻlgan davr). Ushbu sivilizatsiyalarning matematika, astronomiya va tibbiyotga qoʻshgan hissasi keyinchalik klassik antik davr yunon naturfalsafasiga taʼsir koʻrsatgan. Tabiiy sabablarga asoslanib, olamdagi voqealarni tushuntirish uchun urinishlar amalga oshirilgan. Gʻarbiy Rim imperiyasi qulagandan soʻng, lotin tilida soʻzlashuvchi Gʻarbiy Yevropada oʻrta asrlarning dastlabki davrlarida (milodiy 400-yildan 1000-yilgacha) olam haqidagi ellinistik tushunchalar oʻzgaradi, ammo yunon tilida soʻzlashuvchi Vizantiya imperiyasida rivojlanish surʼati jadal davom etgan. Yunoncha matnlarning tarjimalari yordamida islomning oltin davrida ellinistik dunyoqarash saqlanib, arab tilida soʻzlashuvchi musulmon dunyosiga singib ketadi. X—XIII asrlarda Gʻarbiy Yevropada yunon asarlari va islomiy izlanishlarning tiklanishi hamda oʻzaro uygʻunlashuvi Gʻarbda naturfalsafani oʻrganishga boʻlgan intilishlarni kuchaytirgan. Ilk fan anʼanalari qadimgi Hindistonda va alohida qadimgi Xitoyda ham rivojlangan boʻlib, Xitoy modeli Gʻarb tadqiqotlaridan oldin Vyetnam, Koreya va Yaponiyaga taʼsir koʻrsatgan. Mezoamerikaning Kolumbgacha boʻlgan davr xalqlari orasida Zapotek sivilizatsiyasi astronomiya va matematikaning birinchi maʼlum anʼanalarini kalendar tuzish uchun ishlab chiqqan. Keyinchalik Maya va boshqa sivilizatsiyalar ham bu anʼanalarni davom ettirgan.

XVI—XVII asrlarda Yevropadagi ilmiy inqilob davrida yangi gʻoyalar va kashfiyotlar avvalgi yunon tushunchalari va anʼanalaridan uzoqlashib, naturfalsafa esa oʻzgarishga yuz tutgan. Yangicha fan mexanikroq, matematika bilan koʻproq integratsiyalashgan va yanada ishonchli hamda ochiq boʻlgan, chunki undagi bilimlar yangi aniqlangan ilmiy metodga asoslangan edi. Keyingi asrlarda bir qancha „inqilob“lar ketma-ket sodir boʻla borgan. Masalan, XVIII asrdagi kimyoviy inqilob sabab kimyo fanida yangi miqdoriy usullar va oʻlchov birliklarini joriy etilgan. XIX asrda energiyani saqlash, Yerning yoshi va evolyutsiyaga oid yangi qarashlar eʼtibor markazida boʻlganThe Oxford English Dictionary dates the origin of the word „scientist“ to 1834.. XX asrda genetika hamda fizikadagi yangi kashfiyotlar molekulyar biologiya va zarralar fizikasi kabi yangi kichik fanlar paydo boʻlishiga olib kelgan. Bundan tashqari, sanoat va harbiy muammolar, shuningdek, yangi tadqiqot ishlarining murakkabligi „Big Science“ davrida, ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan. Ilm-fan tarixiga yondashuv

Fan tarixining mohiyati munozarali mavzudir. Ilm-fan tarixi koʻpincha taraqqiyotning bir tekisda kechadigan tarixi oʻlaroq talqin qilinadi, biroq tarixchilar bu jarayonni ancha murakkab deb hisoblaydilar. Alfred Edward Taylor ilmiy kashfiyotlardan oldingi davrlarni „fanning davriy bankrotligi“ deb taʼriflagan.

Ilm-fan insoniyat faoliyatining bir turi boʻlib, unga kelib chiqishi va madaniyati turli xil kishilar oʻz ilmiy hissalarini qoʻshganlar. Fan tarixini oʻrganuvlchiar orasida oʻz sohasini global miqyosdagi almashinuv, ziddiyat va hamkorlik tarixining bir qismi oʻlaroq koʻrayotganlar tobora koʻpaymoqda.

Fan va din oʻrtasidagi aloqalar „konflikt“, „uygʻun“, „murakkab“, „oʻzaro mustaqil“ va boshqa tushunchalar orqali turlicha tavsiflangan. Yevropadagi XVII asr boshlarida yuz bergan ilmiy inqilob va Maʼrifatchilik asri bilan bogʻliq Galiley ishi kabi voqealar John William Draper kabi olimlarni „ziddiyat nazariyasi“ni ilgari surishga undadi. Ushbu nazariyaga koʻra, din va fan tarix davomida metodologik, faktik va siyosiy jihatdan doimo qarama-qarshilikda boʻlib kelgan. Oʻshandan beri „ziddiyat nazariyasi“ koʻpchilik zamonaviy olimlar va fan tarixini oʻrganuvchilar orasida ahamiyatini yoʻqotgan. Biroq, Richard Dawkins kabi baʼzi zamonaviy faylasuflar va olimlar hali ham ushbu nazariya tarafdoridir.

Tarixchilar taʼkidlashicha, tabiat haqidagi fikrlarni muvofiqlashtirish uchun ishonch zarur. Shu nuqtayi nazardan, 1660-yilda Qirollik jamiyatining taʼsis etilishi va uning eksperimental kodeksi fan tarixshunosligida muhim bob boʻlgan. Yangi tarixda koʻplab kishilar elita ilmiy hamjamiyatlardan chetlatilgan va ilmiy muassasalar tomonidan „tuban“ deya taʼriflangan. 1980- va 1990-yillardagi tarixchilar ilm olish uchun qanday toʻsiqlardan oʻtish zarurligini tavsiflab berishadi va unutilgan shaxslarning ishlarini qayta tiklashni boshlashadi. Tarixchilar, shuningdek, dala ishlari va namunalarni yigʻish, yozishmalar, rasm chizish, hisob, laboratoriya va dala uskunalaridan foydalanish kabi fanning kundalik amaliyotlarini ham oʻrganishgan. Ibdidoiy jamoa davrida

Ibdidoiy jamoa davrida bilim va texnika avloddan avlodga ogʻzaki oʻtib kelgan. Misol uchun, makkajoʻxorini qishloq xoʻjaligi uchun xonakilashtirish taxminan 9 ming yil oldin Meksikaning janubida, yozuv tizimlari rivojlanishidan oldin boshlanganSean B. Carroll (24 May 2010), „Tracking the Ancestry of Corn Back 9,000 Years“ New York Times .Francesca Bray (1984), Science and Civilisation in China VI.2 Agriculture pp 299, 453 writes that teosinte, 'the father of cornʼ, helps the success and vitality of corn when planted between the rows of its 'childrenʼ, maize.. Xuddi shunday, arxeologik dalillar savodxonlikdan oldingi jamiyatlarda astronomik bilimlarning rivojlanganini koʻrsatadi.

Adabiyotdan oldingi jamiyatlarning ogʻzaki anʼanasi bir nechta xususiyatlarga ega edi, bulardan birinchisi bu anʼananing oʻzgaruvchanligi boʻlgan.. Yangi maʼlumotlar doimiy ravishda oʻzlashtirilar va yangi sharoitlar yoki jamiyat ehtiyojlariga moslashtirilar edi. Arxivlar va hisobotlar boʻlmagan. Bu oʻzgaruvchanlik hozirgi holatni tushuntirish va asoslashning zarurati bilan chambarchas bogʻliq edi. Oʻsha davrda olam yer osti dunyosi, osmon va yashab turgan zamindan iborat deya tushinilgan. Ular sabablarni boshlangʻich nuqtalar bilan bogʻlashga ham moyil boʻlib, bu orqali tarixiy kelib chiqishga tushuntirish berardilar. Shuningdek, davolanish, kasalliklarning ilohiy yoki jinlar sabab kelib chiqqanligini anglash hamda ekstremal holatlarda jodugarlik, folbinlik, qoʻshiqlar va afsunlar kabi marosimlar uchun „tabib odam“ yoki „donishmand ayol“ga murojaat qilingan. Nihoyat, zamonaviy davrlarda aql bovar qilmas deb hisoblanishi mumkin boʻlgan tushunchalarni soʻzsiz qabul qilish va shu bilan birga, bunday ishonchsiz xatti-harakatlar muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini tushunmaslik tendensiyasi kuzatilgan.

Yozuvning rivojlanishi odamlarga avlodlar oʻrtasida bilimlarni saqlash va yetkazish imkonini bergan. Yozuvning kashgf etilishi qadimgi davrlarda falsafa va keyingi fanlar rivojlanishining omili edi. Bundan tashqari, falsafa va fanning qadimgi davrlardagi rivojlanish darajasi yozuv tizimining samaradorligiga (masalan, alifbolardan foydalanish) bogʻliq boʻlgan. Qadimgi Yaqin Sharqda Ilm-fanning eng qadimgi ildizlari miloddan avvalgi 3000—1200-yillardagi Qadimgi Yaqin Sharqqa, ayniqsa Qadimgi Misr va Mesopotamiyaga borib taqaladi. Qadimgi Misr

Raqamlar tizimi va geometriya Taxminan miloddan avvalgi 3000-yilda boshlab qadimgi misrliklar oʻnlik sanoq tizimini ishlab chiqadilar va oʻzlarining geometrik bilimlarini geometriya va qurilish kabi amaliy masalalarni yechishga yoʻnaltirganlar. Ularning geometriyani rivojlantirish ishlari yer tuzishning taraqqiyoti uchun zarur boʻlgan. Mazkur faoliyat sabab har yili Nil daryosi toshqini ostida qoladigan qishloq xoʻjaligi yerlarining rejasi va mulkchiligini saqlab qolinggan. Toʻgʻri burchakli 3-4-5 uchburchagi va boshqa geometriya qoidalari toʻgʻri chiziqli inshootlarni qurishda, shuningdek, Misr arxitekturasining ustun va toʻsinlarini yaratishda qoʻllanilgan. Kasallik va davolash Misr Oʻrta yer dengizining katta qismi uchun alkimyoviy tadqiqotlar markazi boʻlgan. Miloddan avvalgi 2500—1200-yillarda yozilgan tibbiy papiruslarga asoslanib, qadimgi misrliklar kasallik asosan yovuz kuchlar yoki ruhlarning tanaga kirishi bilan bogʻliq deb hisoblashgan. Shunday qilib, dori-darmonlardan foydalanishdan tashqari, davolanish jarayonida ibodat, afsun va marosimlar ham qoʻllangan. Miloddan avvalgi 1600-yillarda yozilgan Eber papirusida koʻz, ogʻiz bilan bogʻliq kasalliklarni davolash uchun tibbiy retseptlar yozilgan. Taxminan oʻsha davrda yozilgan Edwin Smith papirusida yaralar, sinish va chiqishlarni davolash uchun jarrohlik qoʻllanmasi ham boʻlgan. Misrliklar dorilarning samaradorligi ularning tayyorlanishi va tegishli marosimlarga muvofiq qoʻllanilishiga bogʻliq deb hisoblashgan. Tibbiyot boʻyicha tarixchilar, masalan, qadimgi Misr farmakologiyasini asosan samarasiz boʻlgan deb hisoblashadi. Ebers va Edwin Smith papiruslarida kasalliklarni davolash quyidagi tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi: tekshirish, tashxis qoʻyish, davolash va bashorat qilish. Bu bitiklar G. E. R. LloydningLloyd, G. E. R. „The development of empirical research“, in his Magic, Reason and Experience: Studies in the Origin and Development of Greek Science. empirik usuli bilan kuchli oʻxshash jihatlarga ega boʻlgan va metodologiyaning rivojlanishida muhim rol oʻynagan. Taqvim Qadimgi misrliklar hatto har biri oʻttiz kundan iborat oʻn ikki oy va yil oxirida besh kun qoʻshiladigan rasmiy taqvimni ishlab chiqqanlar. Bobil taqvimi yoki oʻsha paytda yunon shahar-davlatlarida qoʻllanilgan taqvimlardan farqli oʻlaroq, rasmiy Misr taqvimi ancha sodda boʻlgan, chunki bu taqvim aniq tizimlashtirilmagan hamda oy va quyosh sikllari hisobga olinmagan edi. Mesopotamiya

Qadimgi mesopotamiyaliklar gil, qum, metall rudalari, bitum, tosh va boshqa tabiiy materiallarning kimyoviy xossalari haqida keng maʼlumotga ega boʻlib, ulardan kulolchilik buyumlari, chinni, shisha, sovun, metallar, ohakli suvoq va gidroizolyatsiya tayyorlashda foydalanganlar. Metallurgiya metallarning xossalarini bilishni talab qilgan. Shunga qaramay, mesopotamiyaliklar tabiat haqida maʼlumot toʻplashdan unchalik manfaatdor boʻlmaganlar, ularni koʻproq xudolar koinotni qanday tartibga solganini oʻrganish qiziqtirgan. Noinsoniy organizmlar biologiyasi haqida, faqat asosiy akademik fanlar kontekstida maʼlumotlar mavjud. Folbinlik maqsadida hayvonlar fiziologiyasi keng oʻrganilgan; ayniqsa, garuspikda muhim organ hisoblangan jigar anatomiyasi batafsil oʻrganilgan. Hayvonlarning xatti-harakati yana fol ochish maqsadida ham oʻrganilgan. Hayvonlarni qoʻlga oʻrgatish haqidagi maʼlumotlarning aksariyati, ogʻzaki tarzda oʻtib kelgan boʻlishi mumkin. Ammo otlarni oʻrgatishga bagʻishlangan bitta matn saqlanib qolgan. Mesopotamiya tibbiyoti