Omadsizlik – bu kutilmagan va noxush natija hisoblanadi. Quyida irim-sirimlarga koʻra omadsizlik keltiradi deb hisoblangan belgilar roʻyxati keltirilgan.

Roʻyxat Koʻzguni sindirish yetti yil baxtsizlik keltirishiga ishoniladi.

Chapdan oʻngga ketuvchi qush yoki qushlar toʻdasi Auspiciaga koʻra omadsizlik keltiradi.

Quyidagi raqamlar: 4 raqami: 4 raqamdan qoʻrqish tetrafobiya deb nomlanadi. Xitoy, yapon va koreys tillarida raqam oʻlim soʻziga oʻxshab talaffuz qilinadi. 9 raqami: 9 raqamdan qoʻrqish yapon madaniyatida ennefobiya deb nomlanadi, chunki bu yaponcha azob-uqubat soʻziga oʻxshab talafuz qilinadi. 13 raqami: 13 raqamidan qoʻrqish triskaidekafobiya deb ataladi. 17 raqami: 17 raqamidan qoʻrqish heptadekafobiya deb ataladi va italyan madaniyatida keng tarqalgan. 39 raqami: 39 raqamidan qoʻrqish, ayniqsa afgʻon madaniyatida, 39 laʼnati nomi bilan mashhur. 43 raqami. Yapon madaniyatida 43-raqamli tugʻruq boʻlimlari tabu hisoblanadi, chunki bu raqam oʻlik tugʻilish maʼnosini anglatuvchi soʻz bilan bogʻliq. 666 raqami: 666 raqamidan qoʻrqish heksakosioiheksakontaheksafobiya deb ataladi. Muqaddas Kitobdagi bashoratga koʻra, „Maxluq soni“ Iblis va Dajjolning qaytishini bildiradi. Shuningdek, u Maxluq tamgʻasi deb ham ataladi, bunda barcha odamlar uni peshonasida yoki qoʻlida tashib yuradi. 13-juma (Ispaniya, Gretsiya va Gruziyada: 13- seshanba). Xitoy madaniyatida soat sovgʻa qilish xitoy tilidagi „soat berish“ (xitoycha: 送鐘/送钟; pinyin: sòng zhōng) iborasi bilan „birovni hayotdan kuzatib qoʻyish“ (xitoycha: 送終/送终; pinyin: sòngzhōng) iborasining talaffuzi bir xil boʻlgani sababli omadsiz hisoblanadi. Ot taqasini uchlari pastga qaratib osish omad „tushib ketadi“ deb ishoniladi. Biroq, bu hamma joyda omadsizlik belgisi sifatida qabul qilinmaydi. Baʼzi madaniyatlar va anʼanalarda, masalan, Fransiyaning ayrim hududlari va Angliyaning Rutlend viloyatida, ot taqasini uchlari pastga qaratib osish uning ostidan oʻtganlarni omad yogʻdiradi deb hisoblanadi. Bundan tashqari, baʼzi odamlar madaniy meʼyorlardan qatʼi nazar, bu holatda osish yaxshi omad keltiradi deb ishonishadi. Tarixan, temirchilik – uzoq vaqtdan beri omad va himoya bilan bogʻliq kasb – vakillari koʻpincha oʻz hunarlarining ramzi sifatida ot taqalarini teskari osib qoʻyishgan. Irimchi temirchi va shogird esa ot taqasidagi omad oʻzlariga, asboblariga va oxir-oqibat ular ishlayotgan har qanday loyihaga oʻtadi deb ishonishadi. Ichkarida soyabonni ochish. Men orolida kalamushlarni uzun dumlilar deb atashadi, chunki kalamush soʻzini aytish baxtsizlik keltiradi deb hisoblashadi. Navaxo madaniyatida: kamalakka ishora qilish. toshlarni shamolga uloqtirish. shimolga qarab yoʻlni kesib oʻtayotgan koyot. uy ustidan uchib oʻtayotgan boyqush. Xitoy va yapon madaniyatida guruch solingan kosaga tayoqchalarni tik holatda qoʻyish marhumlarga bagʻishlab qoldirilgan taom nazrlarini eslatadi. Qargʻalar, zagʻchalar va hakalar. Teatr ichida Makbet soʻzini aytish yoki kimgadir Omad tilayman deyish. Buning oʻrniga The Scottish Play va Break a leg iboralari ishlatiladi. Stolga qoʻyilgan oyoq kiyimlar. Karavotga shlyapa qoʻyish. Uch kishi bir gugurtdan foydalanishi. Tuzdonni agʻdarib qoʻyish. Oʻz doppelgangerini koʻrish yomon omadning belgisi deb hisoblanishi mumkin. Xonqizi qoʻngʻizini oʻldirish. Narvon tagidan oʻtish. Qora mushuk yoʻlni kesib oʻtishi. Orqa tomoni yuqoriga qaragan penni tangani olishThe Lucky Penny Superstition – Explained! https://www.southernliving.com/news/good-lucky-penny-superstitions-explained .

Manbalar

Turkum:Belgilar roʻyxati