Usmoniy — Mamluk urushi — 1516—1517-yillardagi Usmoniy-Mamluk urushi Misr hududidagi Mamluk sultonligi va Usmoniy imperiyasi oʻrtasidagi ikkinchi yirik toʻqnashuv edi. Bu urush Mamluk sultonligining qulashi hamda Levant, Misr va Hijoz hududlarining Usmoniy imperiyasi viloyatlariga aylanishiga sabab boʻldi. Urush Usmoniy imperiyasini Islom dunyosining chekkasida, asosan Onadoʻli va Bolqonda joylashgan davlatdan, Makka, Qohira, Damashq va Halab kabi tarixiy islomiy yerlarni o‘z ichiga olgan ulkan imperiyaga aylantirdi. Bu ekspansiyalarga qaramay, imperiyaning siyosiy hokimiyat markazi Konstantinopolda saqlanib qoldi.
Kelib chiqishi Usmoniylar va mamluklar 1453-yilda Usmoniylar Konstantinopolni zabt etganidan beri oʻzaro dushmanlik munosabatida boʻlgan. Har ikki davlat ziravorlar savdosini boshqarish uchun raqobatlashgan. Shuningdek, Usmoniylar oxir-oqibat Islomdagi muqaddas shaharlarni oʻz nazoratiga olishni maqsad qilgan. 1485-yilda 1491-yilgacha davom etgan mojaro boshi berk koʻchaga kirib qoldi. 1514-yilgi Chaldiron jangida safaviy forslarni magʻlub etgan sulton Salim I Suriya va Misrda hukmronlik qilgan Mamluklar sultonligini sabt etishni maqsad qilgan edi. Shunday qilib, boshqa muammolardan xalos boʻlgan Usmoniy imperiyasi 1516-yildga kelib Oʻrta Sharqni zabt etishni yakunlash maqsadida butun qudratini mamluklarga qarshi yoʻnaltirdi.
Sulton Salim mamluklarni musulmon zolimlari deb atab, ular shia safaviylar bilan ittifoqchi ekanligini daʼvo qildi. Ushbu ayblovlar asosida „kimki adashganlarga yordam bersa, u ham bidʼatchidir“, degan fatvo paydo boʻlganFirdaus, Yelmi Eri, Elfia Elfia, and Meirison Meirison. "RISE AND FALL OF MAMLUK SULTANATE: The Struggle Against Mongols and Crusaders in Holy War." Al-Adyan: Journal of Religious Studies 1, no. 1 (2020): 14-28..
Mamluklar qishloqlardagi dehqonlarni Usmoniylar bilan boʻlajak urush uchun askarlikka jalb qilishdi. Bu harakatga javoban erkaklar harbiy xizmatga chaqirilmaslik uchun qochib ketishdi. Ularning qochib ketishi oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan qishloq ishchilarining yetishmasligi va non tanqisligini keltirib chiqardi. Natijada, Qohiradan Onadoʻligacha shaharlarni vayron qilgan ocharchilik boshlanib ketdi.
Usmoniylar ham, Mamluklar ham atrofida askar toʻplashdi. Biroq, mamluklarning atigi askari harbiy taʼlim olgan edi. Qolgan qismi oddiy askarlar boʻlib, hatto miltiqdan otishni ham bilishmasdi. Oqibatda, mamluk askarlarining aksariyati frontdan qochib, hatto oʻz joniga qasd qilishgacha borgan. Bundan tashqari, Chaldiron jangida Safaviylar bilan boʻlgani kabi, Usmoniy zambakarlari va toʻplarining ovozlari mamluk otlarini qoʻrqitib yuborgan.
Harbiy harakatlar thumb|upright|Ogʻir qurollangan Usmoniy sipohiysi. . Musée de l'Armée Urush davomida bir nechta janglar boʻlib oʻtdi. Mamluklar qoʻshini birmuncha anʼanaviy boʻlib, asosan kamon va oʻqlar bilan qurollangan otliq askarlardan iborat edi. Usmoniylar qoʻshini esa yanicharlardan iborat boʻlib, arqebuzlar bilan qurollangan anchagina zamonaviy qoʻshin edi. Mamluklar anʼanalarga sodiq boʻlib, oʻqotar quroldan foydalanishga nafrat bilan qarashar edi. Levantdagi harakatlar (1516) Usmoniylar dastlab Onadoʻli janubi-sharqidagi Diyorbakir shahrini egallab olishdi. Marj Dabiq jangi (24-avgust) hal qiluvchi jang boʻlib, unda mamluk hukmdori Qansuh al-Gʻuriy oʻldirildi. Usmoniylar qoʻshini mamluklardan uch baravar koʻp boʻlgan. Ushbu jangdan soʻng Suriya Usmoniylar qoʻliga oʻtgan.
Gʻazza yaqinida boʻlib oʻtgan Younisxon jangida (28-oktyabr) mamluklar yana magʻlubiyatga uchradi.
Misrdagi harakatlar (1517) Mamluk sultoni al-Gʻuriyning vorisi Tuman Bay jamiyatning turli qatlamlari va badaviylardan shoshilinch ravishda qoʻshin toʻpladi. Yangi qoʻshinni maʼlum miqdordagi toʻp va oʻqotar qurollar bilan jihozlashga urinib koʻrdi. Biroq, mazkur harakatlar soʻnggi lahzalarda va cheklangan miqdorda amalga oshirilgan edi. Nihoyat, Qohira ostonasida Ridaniya jangi (24-yanvar) boʻlib oʻtib, unda Usmoniylar qoʻmondoni Hadim Sinan Posho halok boʻldi. Ushbu jangda Salim I va Tuman Bay shaxsan toʻqnash kelishdi. Usmoniylar orqa tomondan hujum qilishga muvaffaq boʻlgani sababli Tuman Bay joylashtirgan oʻqotar qurollar va toʻplar deyarli foyda bermadi.
Janubga yurish davomida qoʻshinlar taʼminotini yetkazib turgan taxminan 100 ta kemadan iborat flot harbiy harakatlarni qoʻllab-quvvatlagan edi.
Bir necha kundan soʻng Usmoniylar Qohirani egallab, xalifa Al-Mutavakkilni qoʻlga olishdi va shaharni talon-taroj qilishdi. Tuman Bay oʻz qoʻshinlarini Gizada qayta toʻplab, oxir-oqibat u yerda qoʻlga olingach, Qohira darvozasi oldida dorga osildi.
Qizil dengizdagi harakatlar (1517) 1517-yilga kelib, Portugaliya floti Bob ul-Mandabdagi qamalni davom ettirishidan xavotirga tushgan Usmoniylar Selman Reis boshchiligidagi flotni allaqachon Qizil dengizda joylashtirgan edi. Selmanning floti Hindiston bilan savdo yoʻlini erkinlashtirish va muqaddas Hijoz yerlarini himoya qilish maqsadida portugallar bilan toʻqnashishga intilgan. Mamluklar bilan boʻlayotgan urushga qaramasdan, Usmoniylar 1517-yil dekabr oyida Mamluk tuzumining soʻnggi tayanchi boʻlgan Jidda shahrini himoya qilishdi.
Jidda Usmoniylar imperiyasining bevosita beylarbeyligi boʻlsa-da, sakkiz yildan soʻng Makka sharifi Barakat ibn Muhammad ham Usmoniylarga boʻysunib, muqaddas Makka va Madina shaharlarini Usmoniylar qoʻl ostidagi vassal sifatida boshqara boshladi.
Natijada, Usmoniylar chegarasi Qizil dengizning janubiy qirgʻoqlarigacha choʻzildi. Shunday boʻlsa-da, Yamandagi hokimiyat mustahkam boʻlmay, vaqti-vaqti bilan nazoratdan chiqib turardi.
Oqibatlari thumb|Mamluk sultoni al-Gʻuriyning boshi sulton Salim I ga topshirilmoqda. Usmoniylar davri tasviri.
Mamluklar madaniyati va ijtimoiy anʼanalari mintaqaviy darajada saqlanib qolib, mamluk „qul“ askarlarini yollash va tarbiyalash ishlari davom etgan. Misr hukmdorining maqomi Usmoniy kuchlari himoyasi ostidagi Usmoniy noibiga oʻzgardi. Mamluk sultonligining qulashi Portugaliya — Mamluk dengiz urushini amalda toʻxtatdi. Biroq, keyinchalik Usmoniy turklarning oʻzlari Portugaliyaning Hind okeanidagi ekspansiyalariga qarshi kurashishga majbur boʻlishdi.
Mamluklar davlatining bosib olinishi Usmoniylar uchun Afrika hududlariga yoʻl ochib berdi. XVI asr davomida Usmoniylar chegaralari Qohiradan gʻarbga, Shimoliy Afrika qirgʻoqlari boʻylab kengayib bordi. Qaroqchi Xayriddin Barbarossa Jazoirda oʻz bazasini yaratib, 1534-yilda Tunisni zabt etishga muvaffaq boʻldi.
Xalifa al-Mutavakkil III Qohirada qoʻlga olingach, Konstantinopolga olib kelinib, xalifalik lavozimini Salimning vorisi Sulaymon Buyukka topshirdi. Bu voqea bilan Usmoniylar xalifaligiga asos solinib, shu tariqa diniy hokimiyat Qohiradan Usmoniylar qoʻliga oʻtdi.
1798-yilda Napoleon mamluklarni yoʻq qilish daʼvosi bilan chiqmaguncha Qohira Usmoniylar qoʻl ostida qoldi.
Mamluklar davlatini bosib olish har bir Usmoniy sulton urinib koʻrgan eng yirik tashabbus edi. Bundan tashqari, ushbu istilo oʻsha paytda dunyodagi eng yirik ikki shahar — Konstantinopol va Qohira ustidan Usmoniylar hokimiyatini taʼminladi. Rim imperiyasi davridan beri Qora, Qizil, Kaspiy va Oʻrta yer dengizlari yagona imperiya boshqaruvi ostiga olinmagan edi.
Misrning bosib olinishi Usmoniylar uchun juda ham foydali boʻldi. Chunki ushbu hudud boshqa Usmoniy hududlaridan koʻproq soliq tushumi keltirib, mamlakatda isteʼmol qilinadigan oziq-ovqatning qariyb 100 foizini yetkazib berardi. Biroq, Makka va Madina rasman Salim va uning avlodlarini butun musulmon dunyosi xalifalari boʻlishini taʼminlaganidan 20-asr boshlarigacha zabt etilgan barcha shaharlar ichida eng muhimi edi.
Manbalar
Turkum:Usmoniylar imperiyasi istilolari Turkum:Misrning zabt etilishi Turkum:Suriyaning zabt etilishi Turkum:Livanning zabt etilishi Turkum:Isroilning zabt etilishi Turkum:Misr — Turkiya munosabatlari Turkum:Mamluk sultonligi ishtirok etgan urushlar Turkum:Osiyodagi Usmoniylar imperiyasi tarixi Turkum:1516-yil Usmoniylar imperiyasida Turkum:1517-yil Usmoniylar imperiyasida Turkum:1516-yil Mamluklar sultonligida Turkum:1517-yil Mamluklar sultonligida Turkum:1516-yilgi ziddiyatlar Turkum:1517-yilgi ziddiyatlar