Ali () — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Adiblar, shoirlar va yozuvchilar

Ali Dardoʻzd — fors-tojik tilida ijod qilgan astarobodlik shoir;

Davlar arboblari, siyosatchilar

Ali — islomda „xulafo ar-roshidin“ („toʻgʻri yoʻldan borgan xalafalar“), dindorlar oʻrtasida „choryorlar“ deb atalgan dastlabki 4 xalifadan toʻrtinchisi; Ali Abdulloh Ayyub — Suriya arab armiyasining katta zobiti va sobiq mudofaa vaziri; Ali Abdulloh Solih — Yaman Respublikasining birinchi prezidenti; Ali Akbar Rafsanjoniy — Eronlik siyosiy va diniy arbob; Ali Asadov — ozarbayjonlik siyosat va davlat arbobi; Ali Axmedov — sovet davlat arbobi; Ali Bongo Ondimba — gabonlik siyosatchi; Ali Bozer — turk huquqshunos va siyosatchisi; Ali Chinar — turk byurokrati; Ali Dinçer — turk siyosatchisi;

Diniy arboblar va shaxslar

Ali Akkiy — tasavvuf shayxi; Ali Al-Biladiy — bahraynlik islom olimi, tarixchi, yozuvchi va shoir; Ali Asgʻar Rohimiy Azad — Eronlik oʻn ikki shia marjasi; Ali Asg‘ar Mazandaroniy — asli Amirkoladan bo‘lgan eronlik ulamo; Ali Ato — turkistonlik tasavvuf shayxi; Ali Coşkun — turkiyalik davlat arbobi; Ali Eid — livanlik siyosatchi;

Olimlar va fan arboblari

Ali Akbar Xitoiy — movarounnahrlik sayyoh; Ali Akbar al-Ardabiliy — olim; Ali Banokatiy — toshkentlik alloma va faylasuf;

Hukmdorlar

Ali-sulton — Chigʻatoy ulusi hukmdori (1339 — 1345); Ali-tegin — Qoraxoniylardan. Movarounnahrda hukmronlik qilgan (1020—1034); Ali — Gʻaznaviylar davlati hukmdori (1049 - 1050). Ali — Qoraxoniylar Fargʻona kagʻonligining hukmdori; Ali Arslonxon I — Qoraxoniylar sulolasining hukmdori (970 – 998);

Sanʼatkorlar

Ali — hind aktyori, komik va teleboshlovchi; Ali — janubiy koreyalik musiqachi, qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi; Ali Ahn — amerikalik aktrisa; Ali Ardobus — raqqos va baletmeyster, ak-tyor, pedagog; Ali Atay — turk aktyori, musiqachi, ssenariychi va rejissyor; Ali Azimi — eronlik musiqachi va qoʻshiqchi; Ali Barishik — turk aktyori; Ali Buhara Mete — turkiyalik qoʻshiqchi, aktyor va ssenariychi; Ali Doʻst Noyi — musiqashunos, sozanda-bastakor; Ali Fazal — hind aktyori; Ali Gatie — iroq-kanadalik qoʻshiqchi; Ali Hamroyev — taniqli oʻzbek rejissori, ssenariychisi va aktyori;

Sportchilar

Ali Abdelaziz — misrlik aralash yakkakurashlar bo'yicha menejer; Ali Abdurahmonov — oʻzbekistonlik futbolchi; Ali Alawi — suriyalik futbolchi; Ali Aliyev — qozogʻistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi; Ali Arslonbek Murodjonov — oʻzbekistonlik futbolchi; Ali Askar Lali — afgʻonistonlik sobiq futbolchi va murabbiy; Ali Cheikh Dib — suriyalik sobiq futbolchi; Ali Crawford — shotlandiyalik professional futbolchi; Ali Daei — eronlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi; Ali Dembélé — fransuz futbolchisi; Ali Diab — suriyalik professional futbolchi; Ali Farahat — misrlik va amerikalik shaxmatchi; Ali Gerba — sobiq professional futbolchi; Ali Ghalioum — suriyalik futbolchi;

Tadbirkorlar

Ali Banat — asli falastinlik boʻlgan avstraliyalik tadbirkor;

Boshqalar

Ali Aliyev — Sovet Ozarbayjon paxtakori, uzumchilik va tamaki yetishtiruvchisi; Ali Almov — gʻisht teruvchi, xizmat koʻrsatgan Sotsialistik Mehnat Qahramoni;

Familiya

Aliyev Aliyeva

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari