Chao masjidi – Gruziyaning Ajariya viloyatidagi Chao qishlogʻida qurilgan yogʻoch masjid.
Tarixi 1909–1912-yillarda Batumi laz ustalari tomonidan qurilgan masjid 1993–1995-yillarda qayta tiklangan. Masjidning birinchi minorasi 1936-yilda Sovet hukumati buyrugʻi bilan buzib tashlangan. Xuddi shu yili masjid omborga, masjid yonidagi madrasa esa ijtimoiy klubga aylantirilgan. Masjidning ichki qismi naqshli devoriy suratlar bilan bezatilgan. Masjidning balandligi 4,3 metr, uzunligi 9,2 metr va eni 7,5 metrni tashkil qiladi. Masjidning gofrirovka qilingan metall qoplamasi Turkiyadan, gilamlari esa Batumidan keltirilgan. Manbalar
Turkum:Gruziyadagi masjidlar