Anna F. (to‘liq ismi Anna Wappel, 1985-yil 18-dekabrda tug‘ilgan) — avstriyalik qo‘shiqchi, bastakor va aktrisa. Anna Friedberg guruhining yetakchi xonandasi sifatida faoliyat yuritadi.

Hayoti va faoliyati

1996—2008: Ilk hayoti Wappel Avstriyaning Fridberg shahrida tug‘ilgan. U bolalikdan qo‘shiq aytishni boshlagan va ota-onasining dastlabki plastinkalar to‘plamida Bob Dylan, Alanis Morissette va Joan Baez kabi ijodkorlarning asarlari bo‘lganini ta’kidlaydi. U Grats shahrida ingliz va italyan falsafasi hamda adabiyotini o‘rgangan. Dam olish kunlari ATV telekanalida ishlagan.

2009—2011: Faoliyatining boshlanishi 2009-yilning yozida Anna Lenny Kravitzning Yevropa turnesida ishtirok etdi. U 2009-yilgi Amadeus Avstriya musiqa mukofotining „Pop“ yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Anna oʻzining ilk albomi „For Real“ni 2010-yil 5-fevralda eʼlon qildi. Albom Avstriya musiqa reytinglarida uchinchi oʻrinni egallab, oltin sertifikat bilan taqdirlandi. Wappel Avstriya boʻylab, jumladan Donauinselfestda ham konsert dasturlari bilan chiqishlar qildi.

2012-yildan bugunga qadar 2012-yilda Wappel aktrisa sifatidagi ilk debyutini Dito Tsintsadze tomonidan suratga olingan „Invasion“ badiiy filmida amalga oshirdi. Mazkur film 2012-yil 30-iyun kuni Myunxen kinofestivalida namoyish etilgan.

Oʻsha yili Wappel Germaniyaning Berlin shahridagi Prenzlauer Berg tumaniga koʻchib oʻtdi. 2013-yilda u Polydor/Island (Universal Music Group) bilan shartnoma imzoladi. 2013-yil avgust oyida Anna „King in the Mirror“ nomli boʻlajak albomidan ilk qoʻshigʻi – „DNA“ni taqdim etdi. Ushbu qoʻshiq uchun ishlangan videoklip 2013-yil 3-avgustda eʼlon qilindi. Anna Wappel, shuningdek, Jan Böhmermannning „Lateline“ nomli televizion dasturida sahna ijrosi bilan ishtirok etdi.

2017-yilda Anna yangi albom ustida ish boshladi. U albomni prodyuser Daniel Brandt bilan birgalikda yozishni boshlagan.

Diskografiyasi

Studiya albomlari Nomi Tafsilotlar Eng yuqori chart o‘rinlari Yutuqlar AUT GER ITA SWI For Real Chiqarilgan: 2010 Leybl: Moerder Music 3 — — — IFPI AUT: Oltin King in the Mirror Chiqarilgan: 2014 5 71 82 94 — Hardcore Workout Queen Kutilmoqda — — — — —

Yakkaxon Qoʻshiq nomi Yili Eng yuqori chart o‘rinlari Albom Yutuqlar Avstriya (AUT) Italiya (ITA) "Time Stands Still" 2009 38 — For Real — "Most of All" 17 — — "DNA" 2013 15 19 King in the Mirror FIMI (ITA): Oltin "Too Far" 16 — — "—" belgisi qoʻshiq chartlarda qayd etilmagan yoki chiqarilmaganini bildiradi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar