Abulmagʻra ibn Musa ibn Zurara () Arzen shahrining soʻnggi Zurariy amiri. Arzen shahri Yuqori Mesopotamiya (arabcha al-Jazira) va Armaniston oʻrtasidagi chegaralarda joylashgan boʻlib, oʻsha paytda bu hududlar Abbosiylar xalifaligining viloyatlari hisoblangan.

Abulmagʻra Arzenning maʼlum boʻlgan birinchi Zurariy hukmdori Muso ibn Zuraraning oʻgʻli boʻlib, uning mulki bilan chegaradosh Taron viloyatining nasroniy arman shahzodasi Bagrat II Bagratuniyning singlisidan tugʻilgan. Arzen Arzanene (armancha: Agʻdznik) viloyatining markazi boʻlib, Jazira viloyati tarkibidagi Diyor Bakrga qarashli edi.

Abulmagʻra otasining vafotidan keyin uning oʻrnini egalladi. Oʻz mulkini Diyor Bakr hududida hukmronlik qilayotgan shayboniylardan himoya qilish maqsadida Abulmagʻra boshqa qudratli arman sulolasi Vaspurakan Artsrunilari bilan yaqin ittifoq tuzdi. Shu maqsadda Artsruni malikasiga uylanib, hatto yashirincha nasroniylikni qabul qildi.

Ayni paytda, rasman Diyor Bakrning shayboniy hukmdori Iso ibn ash-Shayxga tobe boʻlib, nizolarda uni qoʻllab-quvvatlashga majbur edi. Shunday qilib, 866-yil dekabr oyida Iso Falastin noibi etib tayinlangach, Isoning oʻrinbosari lavozimida ma’muriyatni boshqarish uchun Ramlaga Abulmagʻra yuborildi In . -yilda Iso va Abulmagʻra boshqa mahalliy hukmdorlar bilan ittifoq tuzishdi. Ular orasida Is’hoq ibn Ayyub boshchiligidagi mahalliy xorijiylar hamda Tagʻlibiylar sardori Hamdon ibn Hamdun bor edi. Bu ittifoq Mosulni boshqarib, butun Jazira ustidan hukmronlik qilishni niyat qilgan turkiy Is’hoq ibn Kundojning intilishlariga qarshi qaratilgan edi. Bu ittifoq Ibn Kundojni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi, ammo uning mavqei tez orada xalifa tomonidan Diyor Rabi’a va Armaniston (879/80) noibi etib tayinlanishi bilan mustahkamlandi. Shundan soʻng, Iso va Abulmagʻra oʻz mulklarida hukmronlikni saqlab qolish uchun 200 ming oltin dinor miqdorida oʻlpon toʻlashga rozi boʻlib, tinchlikni ta’minlashdi. Ibn Kundoj dastlab taklifni qabul qildi. Biroq, 880/1-yilda unga qarshi koalitsiya qayta tuzilib, ochiq jang harakatlari boshlanib ketdi. Bu safar Ibn Kundoj 881-yil aprel/may oyida boʻlib oʻtgan jangda gʻalaba qozondi. U raqiblarini Amidgacha quvib borib, shaharni qamal qildi. Bir nechta hal qiluvchi natija bermagan toʻqnashuvlar sodir boʻldi. Vaziyat Isoning 882/3-yilda vafotiga qadar yechimini topmadi. Chunki Ibn Kundoj Abbosiylarning Suriyani Tuluniylardan qaytarib olish urinishlariga aralashib qolgan edi.

-yilda Iso ibn ash-Shayxning shuhratparast oʻgʻli Ahmad Abulmagʻrani asirga oldi. Ahmad Abulmagʻrani qamoqqa tashlab, Zurariylar mulklarini oʻz hududiga qoʻshib oldi. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:9-asr arablari Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:9-asr Oʻrta Sharq monarxlari Turkum:Islomdan xristianlikka oʻtganlar Turkum:Artsruni sulolasi Turkum:Bagratuniy sulolasi Turkum:Falastinning Abbosiy noiblari