Irada Azad qizi Aliyeva () – ozarbayjonlik paralimpiyachi, F12 koʻzi ojizlar toifasida Paralimpiada oʻyinlarida qatnashadi. 2015-yil Paralimpiyachilar oʻrtasida Jahon kubogi gʻolibi boʻlgan. Irada 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Ozarbayjon shaʼnini himoya qilib, kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Hayoti Irada Aliyeva 1991-yil 27-dekabrda Boku shahrida sportchilar oilasida tugʻilgan. Onasi velosport va mototsikl sporti, buvisi esa akrobatika bilan shugʻullangan. Dastlab Irada voleybolchi boʻlishni xohlagan, boʻyi pastligi sabab nayza uloqtirish bilan shugʻullangan. Iradaning soʻzlariga koʻra, nayza uloqtirish murakkab sport turi boʻlib, u „qiyinchiliklarga qarshi kurashishni“ yoqtiradi. Irada 310-sonli maktab va Boku shahridagi Jismoniy tarbiya va sport akademiyasini tamomlagan.
Faoliyati Irada Aliyeva 2005-yildan musobaqalarda qatnasha boshlagan. 2009-yilda sportni tark etgan, biroq 2014-yilda yana sportga qaytgan. 2015-yilda Bokudagi birinchi Yevropa oʻyinlarida sogʻlom atletlar oʻrtasida nayza uloqtirish boʻyicha ishtirok etib, 36.99 metr natija bilan 10-oʻrinni egallagan. Xuddi shu yili Tunis va Bokudagi Gran-pri musobaqalarida gʻolib chiqqan.
2015-yil oktyabr oyida Qatarning Doha shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Irada Aliyeva nayza uloqtirish boʻyicha yangi jahon rekordini (44.18 m) oʻrnatib, oltin medalni qoʻlga kiritgan va 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan. Paralimpiadada Aliyeva F12/13 toifasida nayzani 42.58 metrga uloqtirib, ikkinchi oʻrinni egallagan. 2016-yil sentyabr oyida Ozarbayjon Prezidenti Ilham Aliyevning farmoni bilan „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.
Xalqaro yutuqlar Paralimpiya oʻyinlari Yil Joy Medal Musobaqa 2016 Rio-de-Janeyro 25px Nayza uloqtirish F13
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ozarbayjonlik paralimpiya sportchilari Turkum:2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida yengil atletika sportchilari Turkum:2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:2015-yilgi Yevropa oʻyinlarida yengil atletika sportchilari Turkum:Yengil atletika boʻyicha paralimpiya medal sovrindorlari Turkum:Ozarbayjonlik ayol nayza uloqtiruvchilar Turkum:Bokulik sportchilar