thumb|200px|Kitob tumani hududidan oqib oʻtayotgan Qashqadaryo daryosi
Qashqadaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Qashqadaryo viloyati Oʻzbekiston tarkibida eng birinchi tashkil etilgan viloyatdir. Tog‘lar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi g‘arbda Sandiqli va Qizilqum cho‘llari bilan tutashgan Qarshi cho‘lidan iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Respublikaning janubi-gʻarbida Qashqadaryo vohasida, Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida joylashgan. Shimoli-gʻarbdan Buxoro va janubi-sharqdan Surxondaryo viloyatlari, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston Respublikasi, sharqdan Tojikiston Respublikasi hamda Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Maydoni — 28,5 ming km². Aholisi — 3 745 600 kishi (2026-yil 1-iyul holatiga koʻra). Aholi soni har yili oʻrtacha 2-3% atrofida oʻsib bormoqda. Viloyat hokimi Murotjon Azimov (2024-yil 6-noyabrdan hozirgi kungacha) Tarkibida 14 ta tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Koʻkdala tumani), Mirishkor, Muborak, Nishon, Qamashi, Qarshi, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Shahrisabz, Chiroqchi, 2 ta shahar (Qarshi va Shahrisabz) hamda ko'plab shaharchalar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor va b), 147 ta qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 ta qishloq bor (2005).
Asosiy daryosi – Qashqadaryo. Uning irmoqlari – Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabog‘daryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik O‘radaryo bilan birga). Tog‘larda balandlik mintaqalari bo‘ylab tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak o‘simlik turidan iborat.
QO'SHIMCHA MA'LUMOTLAR: Qashqadaryo viloyati hokimligi.
Tabiati
Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botigʻini oʻz ichiga olgan boʻlib, shimol, sharq va janubi-sharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma togʻlari bilan oʻralgan. Togʻlar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi gʻarbda Sandiqli va Qizilqum choʻllari bilan tutashgan Qarshi choʻlidan iborat. Iqlimi kontinental hisoblanadi. Qishi nisbatan yumshoq, Yozi esa uzoq (155-160 kun), issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°-29,5°. Eng yuqori temperatura 45°. Eng past temperatura −20°.-yiliga tekisliklarda 290–300 mm, adirlarda 520–550 mm, togʻlarda 550–650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi, yozda garmsel esadi. Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2-6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290-300 kungacha. Asosiy daryosi — Qashqadaryo. Uning irmoqlari — Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga). Daryolar qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi. Daryo suvidan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi. Chimqoʻrgʻon, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8-Mart, Eskibogʻ, Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob — Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq tuproqlar mavjud. Togʻlarda balandlik mintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming ga oʻrmon mavjud. Oʻrmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Togʻ yon bagʻirlari har xil oʻt oʻsimliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Togʻ oʻrmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Togʻlarda naʼmatak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar oʻsadi.
Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zogʻorabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor togʻ-oʻrmon va Kitob davlat geologiya qoʻriqxonalari joylashgan; Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.
Viloyat Qashqadaryo havzasida va Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Viloyat hududi gʻarbdan sharqqa tomon 300-400 metrgacha koʻtarilib boradi. Viloyatning sharqiy qismi Kitob-Qamashi togʻ etaklaridan iborat boʻlib, u yerlarning balandligi 450-500 dan 900-950 metrgacha boradi. Viloyat doirasidagi togʻlarning asosiy qismi uning shimoli-sharqiy qismini egallagan. Bu yerdagi togʻlarning eng baland nuqtalari 4000 metrgacha yetadi. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 km, aholisi 3 745, 6 ming (2026.07.01). Aholining qariyb 3/4 qismi qishloqlarda istiqomat qiladi.
Aholisi Aholisi, asosan,
oʻzbeklar 3 457 499 (93,1 %)
tojik 151,994 ming kishi (4,1%)
turkman 40,771 ming kishi (1,1%)
rus 19,648 ming kishi (0,5 %)
arab,qozoq, ukrain, ozarbayjon, koreys, qirgʻiz, turk, ukrain, belorus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 130,7 kishi. Shahar aholisi 1 593,4 ming kishi, qishloq aholisi 2 152,2ming kishi (2026-yil 1-iyul).
XX asr boshlarigacha hozirgi Qashqadaryo viloyati hududida yashagan aholining koʻpchiligi orasida urugʻ-qabilalarga boʻlinish saqlanib kelgan. Masalan, Qarshi shahri va uning atroflarida mangʻit, saroy, qavchin, qatagʻon, kutchi, qipchoqlar, xtoy, qirq va boshqalar urugʻlar, Shahrisabz va uning atroflarida kenagas, saroy, qutchi, turk, qatagʻon, qalmoq, qangʻli, chuyut, qiyot, qoʻngʻirot, mojor, mangʻit, mitan, moʻgʻul, nayman, sayot urugʻlari, Gʻuzor va uning atroflarida qavchin, kerayit, qoʻngʻirot, mangʻit va boshqalar urugʻlar yashagan. Ular dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanishgan.
Hududiy boʻlinishi Qashqadaryo viloyati hududiy jihatdan 14 ta tuman va 12 ta shaharga boʻlingan. Shaharlar Qashqadaryo viloyatiga bevosita boʻysunadigan quyidagi 2 ta shahar mavjud:
SHAHARLARI Qarshi Shahrisabz TUMANLARI Gʻuzor Qarshi tumani Kitob Koson Muborak Chiroqchi Yakkabogʻ Nishon Qamashi, Koʻkdala, Dehqonobod, Mirishkor, Kasbi, Shahrisabz tumani
Tumanlari
Tuman nomi Tuman markazi 1 Dehqonobod tumani 167,7 ming kishi,48 MFY Qorashina sh-cha 2 Kasbi tumani 223,9 ming kishi,42 MFY Mugʻlon sh-cha 3 Kitob tumani 295,2 ming kishi,59 MFY Kitob sh 4 Koson tumani 329,6 ming kishi,75 MFY Koson sh 5 Koʻkdala tumani 202,3 ming kishi,35 MFY Yettitom sh-cha 6 Mirishkor tumani 135,9 ming kishi,40 MFY Yangi Mirishkor sh-cha 7 Muborak tumani 97,7 ming kishi,25 MFY Muborak sh 8 Nishon tumani 175,9 ming kishi,36 MFY Yangi Nishon sh 9 Qamashi tumani 309,5 ming kishi,60 MFY Qamashi sh 10 Qarshi tumani 288,5 ming kishi,73 MFY Beshkent sh 11 Yakkabogʻ tumani 295,7 ming kishi,62 MFY Yakkabogʻ sh 12 Gʻuzor tumani 234,1 ming kishi,51 MFY Gʻuzor sh 13 Shahrisabz tumani 243,9 ming kishi,57 MFY Chorshanba sh-cha 14 Chiroqchi tumani 283,1 ming kishi,59 MFY Chiroqchi sh15Qarshi shu 307,9 ming kishi,73 MFY 16Shahrisabz shu 153,7 ming kishi,40 MFY
Iqtisodiyoti Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilgʻi resurslarini qazib olish boʻyicha Oʻzbekistonda muhim oʻrin egallaydi. Viloyat respublikada qazib olinadigan tabiiy gazning 88 %, neftning 92 %, kondensatning 99,6 %, oltingugurtning 100 % ni beradi.
Qashqadaryo respublikada eng koʻp don va paxta yetkazib beradigan viloyatdir. Oʻzbekistonda tayyorlanadigan yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 10,2 %,shu jumladan, paxtaning 11,8 %, gʻallaning 12 %, qorakoʻl terining 19 % viloyat hissasiga toʻgʻri keladi. Tabiiy gaz, kondensat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanmoqda. Viloyatda 1,1 ming kichik korxona, 40,6 ming mikrofirma bor. Bular sanoat, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar korxonalardan iborat. (2026)
Sanoati Sanoatining yetakchi tarmoqlari: — tabiiy gaz va neft qazib olish, gazni qayta ishlash, paxta tozalash, yogʻ ekstraksiyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ip yigiruv, tikuvchilik, oziq-ovqat va boshqalar Eng yirik korxonalari: Muborak neft-gaz unitar korxonasi, Shoʻrtan gaz unitar korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi, Qarshi, Koson yogʻ-ekstraksiya, Shahrisabz konserva zavodlari, Shahrisabz pillakashlik, Qarshi tikuvchilik fabrikalari, Qashqadaryo marmar aksiyadorlik jamiyati, Dehqonobod kaliy zavodi va boshqalar 49 qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi, shulardan: Oʻzbekiston — Turkiya „Kashteks“ toʻqimachilik, „Oqsaroy toʻqimachilik LTD“ qoʻshma korxonalari ishlamoqda.
Viloyat hududidagi dastlabki sanoat korxonasi — Shahrisabz paxta tozalash zavodi 1916-yilda qurilgan. Undan keyingi davrda viloyatda, asosan, paxta tozalash zavodlari, tikuvchilik fabrikalari qurildi. 1971-yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik yillarida Shahrisabz, Yakkabogʻ un kombinatlari, Tallimarjon issikdik elektr stansiyasi, 2001-yil oxirida Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilib ishga tushirildi. Qashqadaryo viloyatida gaz (propan), jun, paxta tolasi, momiq, polietilen, tomat pastasi, turli xil plitalar ishlab chiqariladi. (2026)
Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: gʻallachilik, paxtachilik, kartoshkachilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik. Bogʻdorchilik, uzumchilik, ipakchilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik rivojlangan. Muborak, Mirishkor, Nishon, Gʻuzor tumanlarida qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan yirik naslchilik xoʻjaliklari mavjud. Asalarichilikka ham katta eʼtibor berilgan.
Qashqadaryo viloyatida 667,6 ming ga ekin maydoni mavjud boʻlib, shundan 418,7 ming gektari sugʻoriladi. 173,8 ming ga yerga paxta, 205 ming ga yerga don, 3,2 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 0,5 ming ga yerga kartoshka, 38,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 32,8 ming ga yer koʻp yillik daraxtzorlar, shundan 13,2 ming ga yer mevazor, 9,2 ming ga yer tutzor, 10,4 ming ga yer tokzorlar bilan band, 1451 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 13815 km uzunlikda kollektor-drenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatda sugʻoriladigan dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida sugʻorish kanallari (Qarshi, Sandal va boshqalar) va suv omborlari (Tallimarjon, Chimqoʻrgʻon, Hisorak, Qizilsuv va boshqaalr) barpo etilgan. Sugʻorishni tashkil etish uchun 6 ta yirik nasos stansiyasi qurilgan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Qarshi choʻlida 250 ming ga yer oʻzlashtirilgan.
Viloyatda 68 shirkat, 17,6 ming dehqon, 17,2 ming fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Qashqadaryo viloyati shirkat, shaxsiy va fermer xoʻjaliklarida 654,7 ming qoramol (shu jumladan, 276,8 ming sigir), 2,2 mln. qoʻy va echki, 1,3 mln. parranda, 17,3 ming-yilqi boqiladi (2005). 1996—2005-yillar viloyatdan B.Roʻziyev, Q.Moʻminov, Gʻ. Rahmonov, M.Saidovlar "Oʻzbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor boʻldilar. (2026)
Transporti
Viloyatdagi temiryoʻl uzunligi 401 km. Asosiy temiryoʻl magistrallari Kogon — Qarshi — Dushanbe, Qarshi — Kitob, Qarshi — Samarqand — Toshkent. Viloyat hududidagi temir yoʻllarning aksariyat qismi elektrlashtirilgan. Mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyatini respublikaning boshqa qismi bilan bogʻlash maqsadida Toshgʻuzor-Boysun-Qumqoʻrgʻon (umumiy uzunligi 223 km) temir yoʻli qurildi. Ushbu yoʻnalish Surxondaryo viloyatiga qoʻshni respublika — Turkmaniston hududiga oʻtmasdan borish imkoniyatini berdi. temiryoʻlning 106,2 km qismi Qashqadaryo viloyati hududidan oʻtgan.